Qaratqich aniqlovchi biror narsa tegishli, qarashli bo’lgan shaxs yoki predmetni bildiradi va kimning?nimaning?qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deb yuritiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda albatta moslashgan bo’ladi: Odamning qo’li gul.
Qaratqich aniqlovchi, odatda quyidagicha ifodalanadi:
1.Qaratqich kelishigidagi ot, olmosh bilan: Gulnor yigitning so’zlarini diqqat bilan tingladi.
2.Qaratqich kelishigidagi otlashgan so’zlar bilan: O’nning yarmi besh.
3.Ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas.
Ko’pincha fe’l-kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lakhol deb ataladi: Minbarga notiqlar birin-ketin chiqa boshladilar.
Hol ba’zan fe’ldan boshqa turkumga ham bog’lanadi: Ko’chada odam ko’p.
Hol ma’nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1.O’rin holi Qayerga? Qayerdan? Qayoqqa? Qayerdan? kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha o’rin ravishi, ot, olmoshlar bilan ifodalanadi: Bolalar ko’chaga chiqib ketishdi. U orqadan qochdi.
2.Payt holi Qachon? Qachongacha? Qachondan beri? Qay vaqt? kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha ot, payt ravishi, olmosh, payt ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: Imtihonlaryozda bo’ladi. Bugun maktabningyonidan o’tdim. Shunda men bir sapchib tushganman. Qo’lim bo’shida o’qiyman. Yig’ilish uchda bo’ladi.
3.Miqdor holi Qancha? Qanchalab? Nechalab? Necha marta? kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha miqdor-daraja ravishlari, son, sifat va miqdor-daraja ma’nosini bildirgan so’z birikmalari bilan ifodalanadi: Men juda ko’p qayg’urdim. O’n marta eshitgandan, bir marta ko’rgan afzal. Bular qop-qop terib qo’yishdi. Men o’ylagandarajada qilisharmikan?
Tayanch so`zlar: bo`lak, ikkinchi darajali, to`ldiruvchi, vositali, vositsiz, aniqlovchi, sifatlovchi, qaratqich, hol, hokim, tobe, ifodalanish, sodda, murakkab.
Dostları ilə paylaş: |