Toshkentning buyuk o‘tmishi haqida guvohlik beruvchi ulkan me’moriy obidalar, shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan, mustaqillik yillarida barpo etilgan muhtasham zamonaviy binolar, muxtasar aytganda, poytaxtimizning boy tarixi va hozirgi taraqqiyoti “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan to‘plamda aks etgan. “Toshkent – bir shahar tarixi” deb nomlangan ushbu nashr Toshkentning 2200 yilligiga bag‘ishlangan. To‘plam shahar yubileyini xalqaro miqyosda nishonlashda faol ishtirok etayotgan nufuzli tashkilot – YUNESKO bilan hamkorlikda chop etilgan.
Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazibugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana ko‘plab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.