Z.M. Bobur –shoh va shoir.
Jono, bitigingki, boʻldi marqum manga,
Mehnat bila gʻamni qildi ma’dum manga.
Koʻrgach ani garchi shod behad boʻldum,
Mazmuni, vale, boʻlmadi ma’lum manga.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur!
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur!
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidur!(Z.M.Bobur)
Mumtoz adabiyot salohiyati.
Sayfi Saroyi - oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
Lutfiy- 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Xorazmiy- Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
Dostları ilə paylaş: |