O’zbek san’ati kamoli.
Aktyorlik san’ati - aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish san’ati. Aktyor ma’lum rolda o‘ynar ekan, o‘z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe’l-atvorini, ichki dunyosi va instituti-lishlarini ifodalaydi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur san’atlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qo‘shdilar. Ushbu san’atlarni mukammal egallagan R. Pirmuhamedov, R. Hamroyev, N. Rahimov, Sh. Burhonov, Ya.Sarimsoqova, O. Jalilov, H. Uma-rov, Yo. Axmedov, P. Saidqosimov, O‘. Alixo‘jayev, D. Qambarova, I. Ergashev, Yo. Sa’diyev, T. Shokirova kabi aktyorlar avlodi yetishdi. 60—90-yillarda O‘zbek A.sda ijodiy yo‘nalishlar ko‘paydi, te-atrda, teleradioda, sirkda ijod qiluvchi ijrochilarning bir-birlariga ta’sirlari kuchaydi. O.Norboyeva, E. Komilov, G.Jamilova, H. Nurmatov, R. Ahmedova, M. Abduqunduzov, T. Mo‘minov, M. Raja-bov kabi aktyorlar mavjud an’analarni o‘zlashtirish yo‘lidan bordilar.
Dostları ilə paylaş: |