Ma’lumotnoma
2016—2017- o'quv yilining ikkinchi yarmida litseyning ikkita yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo'lib, bu ehtiyojlar o'z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati
Shu’ba raisi (imzo) N. Mahkamov.
Ma'lumotnoma shakli
MA’LUMOTNOMA
Men, (ma’lumotnoma beriluvchining lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi), haqiqatdan ham, biror vazifada ishlashini yoki o`qishini tasdiqlovchi fikr.
So`ralgan joy nomi ko`rsatiladi.
(Imzo) ismi, familiyasi
muhr
sana
TILXAT
Tilxat
Men, (tilxat beruvchining lavozimi, ismi, otasining ismi, fa-miliyasi), (birornarsa beruvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasi) -dan (olgan narsasining nomi, miqdori, zarur bo’ lganda bahosi, texnik holati) oldim.
(Imzo) ismi, familiyasi
sana
Tilxat
Men, Hakimov Asror Egamberdievich guruhdoshim O`rinboev Davron Rustamovichdan bir oy muddat (2017 yil 24 noyabrdan 24 dekabrgacha)ga ishlatib turish uchun 3.000.000 (uch million) so`mlik HP 4540s markali kompyuterni o`rta holatda oldim.
(imzo) Hakimov Asror
2017 yil 24 noyabr
ISHONCHNOMA
Ishonchnoma
Men, (ishonch bildiruvchiningto'liq nomi), (ishonchli shaxsning toliq nomi)-ga (qavsda pasportining та’lumotlari) (ishonch mazmuni, ya’ni topshirilayolgan vazifa) bayoni (ba'zan muddati ham) uchun ishonch bildiraman.
(Imzo) ismi, familiyasi
yozilgan sanasi
Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlanganligi
to'g'risidagi qayd
Imzoni tasdiqlagan shaxsning lavozimi, imzosi, ismi va familiyas
yumaloq muhr
sana
Ishonchnoma
Men, Kamol Yo'ldoshev, guruhdoshim Abdulla Ahmedovga Yakkasaroy tumanidagi 64-aloqa bo’limidan mening nomimga kelgan 50000 (ellik ming) so'm miqdoridagi pul jo'natmasini olish uchun ishonch bildiraman.
(imzo)K. Yo'ldoshev
Dostları ilə paylaş: |