O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə191/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   202
ILM FAZILATLARI HAQIDA

Bilginki, hayotiy maishatingni yaxshilaydigan va ishlaringni haqiqiy to'g'ri yo'lga soladigan eng ulug' vosita bu ilmdir. Ilm buyuk qadrga va oliy fazilatga ega. Sen ilm tufayli oliy sharafga, ulug'Iikka va orzu - istaklarga yetishasan. Ilm kasb va fazilatlarning eng afzali, ilm o'rganuvchi esa shu toifaning ulug'rog'idir. Ilm orqali yaxshi-yomonni taniysan, halol-haromning farqiga borasan, do'stlik va qarindosh- urug'ning fazilatlarini anglaysan, qonun-qoidalarni tushunusan, haq- huquqlaringni bilasan.

Ilm shunday boylikki, u sening aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, tabiatni tozalaydi, izzatingni oshiradi. Ilm sening hayotingga tahsinga sazovor bo'ladigan yangiliklar olib kiradi, yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga sharoit yaratadi, bu bilan esa seni kamolga etkazib, umrini boqiy qiladi. Ilm o'rganib, ilmga amal qilmagan kishi yer haydab, uni ekmagan kishiga o'xshaydi.

Ilmsiz inson - mevasiz daraxt.

Ilm bir Xazina bo'lsa, bu Xazina kaliti - savol!

Ilm -inson ziynati. («Otalar so'zi»).

Lug'at

maishat - жизнь, наслаждение



fazilat — достоинство

afzal - лучший, предпочтительный

izzat - почесть, почтение

tasnif - классификация

boqiy - вечный, бессмертный

xazina - сокровищница, клад

ziynat-украшение


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin