Ensiklopedik (qomusiy) lug'atlar ijtimoiy turmushning barcha sohasiga oid so'zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug'atlarda so'zlar, birikmalar, ma'lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik lug'atlarda esa faqat so'zlar beriladi.
Lug'atlar qo'llanish doirasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: umumiy lug'atlar va maxsus lug'atlar.
Umumiy lug'atlar barchaga mo'ljallangan bo'lib, ulardan turli soha vakillari foydalanishi mumkin. Masalan: "Imlo lug'ati", "Izohli lug'at", "Ruscha-o'zbekcha lug' at".
Maxsus lug'atlar esa ma’lum bir soha vakillari uchun mo'ljallangan bo'ladi: "Sinonimlar lug'ati", "Matematik terminlar lug'ati".
So'zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo'lishiga ko'ra tarjima lug'atlari va bir lug 'atlar farqlanadi.