I.Tarjima lug'atlarida bir tilning lug'aviy birligiga boshqa tildagi mos birlik beriladi. Masalan, ''O'zbekcha-ruscha lug'at".
II.Bir tilli lug'atlar (o'z til lug'atlari)ning so'zligi bir tilda bo'ladi. Bir tilli lug'atlarning quyidagi turlari bor.
1.Izohli lug'atda lug'aviy birliklarning (so'z yoki iboralarning) ma'nosi izohlanadi. Lug'aviy birlik ko'p ma'noli bo'lsa, uning barcha ma'nolari beriladi va izohlanadi. "O'zbek tilining izohli lug'ati" 1981 yilda 2 jild holida nashr etilgan bo'lib, oltmish besh mingga yaqin so'z izohlangan.
2.Imlo lug'ati so'zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd etadi. Imlo lug'ati (orfografik lug'at) so'zlarning to'g'ri yozilishini ko'rsatadi. Katta hajmli imlo lug'ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so'zning to'g'ri yozilishi qayd qilingan. O'quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug'atida 17 ming so'zning to'g'ri yozilishi berilgan.