2.Shevaga xos so’zlar – ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir: buvi (adabiycha) – momo (xorazmcha), shu yerda (adabiy) – shatta (farg’onacha).
Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning qayerlik ekanini,tildagi xususiyatlarni ko’rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so’z va qo’shimchalarni ham ishlatadilar.
3.Kasb-hunarga oid so’zlar – ma’lum kasb-hunar egalari ishlatadigan so’zlardir. Tikuvchilik: andoza, angishvona, qatim va b. Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning mehnat faoliyatini ko’rsatish uchun ularning kasb-hunarlariga oid so’zlardan ham foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |