Tayanch so’zlar: Dunyoviy, diniy, alloma, urg’u, gap urg’usi, so’z
urg’usi, so’z, bo’lak, mantiqiy, leksik, logik, ma’no.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Urg’u deb nimaga aytiladi?
2.Urg’uning qanday turlari bor?
3.Leksik (so’z) urg’usi qanday ifodalanadi?
4.Logik (gap) urg’usi qanday ifodalanadi?
Topshiriqlar
1-topshiriq: So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida to’rtta gap tuzing, gapdagi lo’gik va leksik urg’ularni aniqlang.
Играть, проходить, четыре, десять, лес, растение, правый, спросить, товарищ.
2-topshiriq:Quyidagi so’zlarni o’qing, talaffuz hamda yozilishiga e’tibor bering va so’z urg’usini qo’ying.
Mudir, muhim, mumkin, ko’mir, temir, pushti, umid, muxbir, kulgi, tulki, to’siq, to’lqin, og’il.
3-topshiriq: Quyidagi so’z birikmalarini o’qing. o, a, i tovushlarining talaffuziga e’tibor bering va urg’ularni belgilang.
Qon tomiri, qora qosh, oppoq qor, qaror qilmoq, baland qayrag’och, chiroyli qaldirg’och, qarag’ay daraxti.
4-topshiriq:Quyidagi so’zlarga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qing.
Qon, qop, qor, qoch, qaysi, qal’a, qamchi, qani, qaror, qayrag’och, qaldirg’och, qarag’ay.
Dostları ilə paylaş: |