O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə71/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202
21-mavzu: Otlarning yasalishi

Reja:

1.Ot yasovchi qo’shimchalar bilan ot yasash.

3.So’zlarni qo’shish va juftlash bilan ot yasash.

4.So’zlarni qisqartirish bilan ot yasash.



5.So’zlarni takrorlash orqali ot yasash.
Otlar 5xil usul bilan yasaladi. 1Ot yasovchi qo’shimchalarbilan 2.So’zlarni qo’shish yoki juftlash 3. So’zlarni qisqartirish 4.Turkumdan turkumga so’z ko’chishiyordamida 5. So’zlarni takrorlash orqali.

1.Yasovchi qo’shimchalar bilan ot yasash-Ot yasovchi qo’shimchalar o’zak bilan birikkan holda quyidagi ma’nolarini bildiruvchi otlar yasaydi. 1. Shaxs otlari. 2. Narsa – buyum otlari. 3. O’rin – joy otlari. 4. Mavhum otlar.

1.Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:

-chi. Bu qo’shimcha, odatda, shaxsning biror kasb yoki ish bilan shug’ullanishini anglatuvchi otlar yasaydi: suvchi, sportchi, navbatchi.

-dosh. Bu qo’shimcha yordamida yasalgan otlar, odatda, birgalik, yaqinlik ma’nosini bildiradi: sinfdosh, suhbatdosh.

Tilimizda –kor (-kar, -gar, -gor), -kash, -dor, -bon, -boz, -paz, -xon, -shunos, -do’z, -soz, -xo’r, -parast, -go’y, -furush, -vachcha, -(u)vchi, -(o)vchi,ham-qo’shimchlari bilan yasalgan shaxs otlari ham bor: paxtakor, talabgor, miskar, zargar, aravakash, chorvador, saroybon, dorboz, gazetxon, tilshunos, gilamdo’z, choyxo’r, shaxsiyatparast, duogo’y, mevafurush, tog’avachcha, yozuvchi, tinglovchi, hamsuhbat.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin