O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə74/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202
23-mavzu: Otlardabirlikva ko’plik

kategoriyalarning ifodalanishi
Reja:

1.Otlardabirlik kategoriyasining ifodalanishi.

2.Otlardako’plik kategoriyasining ifodalanishi.

Otlar birlik va ko’plik sonda keladi. Birlik sondagi otlar bir predmetni bildiradi. Ko’plik sondagi otlar birdan ortiq predmetni bildiradi. Otlar ko’plikda –larqo’shimchasi orqali ifodalansa, morfologik usul hisoblanadi: bolalar, uylar. Ko’plik ma’nosi qo’shimchasiz holda maxsus so’zlar yordamida ifodalansa, leksik usulhisoblanadi: birqancha odam, ming – ming daraxt, beshta daftar. Ba’zan bu usullar aralash ifodalanishi mumkin (leksik – morfologik usul): ko’p otaonalar kelishdi.

Harakat – holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo’llanadi: do’stlik, un, ko’z, Muattar va h.k.

Faqat birlikda qo’llanadigan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda ko’plikni emas, balki o’sha predmetlarning turli xilini, jamlikni, hurmat, kinoya, kuchaytirish kabi ma’nolarni bildiradi: Dadamlar ishlaydilar. Ma’muraxonlar kelishdi. Boshlarim og’rib ketdi.



-lar ko’rsatkichi otlardan tashqari olmosh, son, sifat, fe’l, ravish turkumidagi so’zlarga ham qo’shilishi mumkin: bular, kimlar,bizlar, tushuntirishlar, kattalarni, beshlar, ilgarilar, kelganlarkabi. Bu ko’rsatkich fe’lga qo’shilganda tuslovchi tarkibida keladi: boradilar(3–shaxs tuslovchi tarkibida) .


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin