3)leksik – semantik usul- bunda belgi bildiruvchi so’zlar oldidan yoki ular o’rniga boshqa turkumdagi so’zlar qo’llanadi: zahar (garmdori), olov (bola).
4) fonetik usul: a) unlilar cho’zib aytiladi: tooza, chuquur;
b) undoshlar ikkilanadi: tekkis, yummshoq.
2.Qiyosiy daraja- predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga –roqqo’shimchasini qo’shish yoki sifatdan oldin bir – biridan, undan ham, yanada so’zlarini keltirish bilan yasaladi: Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir – biridan go’zal, bundanham battar, yanada kuchli .
3.Ozaytirma daraja- belgi darajasining normal darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi ifodalanadi. 1) qo’shimchalar yordamida: oqish, qizg’ish, qoramtir. –roqqo’shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 2) sifatdan oldin yarim, nim, och, hiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar kabi so’zlarni keltirish bilan: yarim ochiq (eshik), uncha katta.
Tayanch so`zlar: sifat, grammatik, xususiyat, belgi, maza, ta`m, sodda sifatlar, qo`shma sifatlar, juft sifatlar, kuchaytirma,qiyosiy,ozaytirma.
Dostları ilə paylaş: |