Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sifat mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2. Sifatning qanday grammatik xususiyatlari mavjud?
3. Sifat va uning darajalari deganda nimani tushunasiz?
Topshiriqlar
1-topshiriq: Sifatlarni aniqlang va tagiga chizing.
1.Unumli mehnat keltirar davlat. 2. Rejali ish buzilmas. 3. Odobli bola elga manzur. 4. Тo’g’ri odam egri so’zdan or qilar. 5. Тikansiz gul, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 6. Intizomli lashkar yengilmas. 7. Ozod Vatanimiz-tinchlik tayanchi. 8. Yoshligimiz shunchalar erkin, quvnoq va beg’ubor.
2- topshiriq:Savollarga javob bering. Javobingizda qavs ichida berilgan sifatlardan foydalaning.
1.Bizning armiyamiz qanday armiya? (buyuk, kuchli, qudratli, qahramon) 2.Bizning hayotimiz qanday? (quvnoq, go’zal, ajoyib) 3. Qanday shamol esyapti? (mayin, yoqimli, yengil) 4. Qanday gullar ochildi? (chiroyli xushbo’y) 5. Nozima qanday o’quvchi? (quvnoq, chaqqon, tirishqoq, qobiliyatli).
3- topshiriq: Berilgan matndan sifatlarni aniqlab, darajasini ayting.
Тog’da tong
Тog’da tong otishini kuzatish juda ajoyib bo’ladi. Dastlab tog’ning eng baland cho’qqilari pushti rangda tovlanadi. Bu cho’qqilar quyoshni birinchi bo’lib kutib oladilar. Keyin quyosh balandroq ko’tariladi, oqish osmon och ko’kimtir tusga kiradi. Cho’qqilardagi qorlar jimir-jimir qilib yaltiray boshlaydi.
Oddiy daraja:
Qiyosiy daraja:
Orttirma daraja:
Dostları ilə paylaş: |