O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə91/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202
Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari

1

Sodda olmoshlar

Men, sen, kim, shu, qachon

2

Qo’shma olmoshlar

Ana shu, har kim, hech nima

3

Juft olmoshlar

U –bu, unga –bunga, siz –biz

4

Takroriy olmoshlar

Shu –shu, o’sha –o’sha, kim –kim

Boshqa turkumlarga oid so’zlarning olmoshlarga ko’chishi

Quyidagi turkum so’zlarga tegishli ayrim so’zlar olmoshga ko’chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, nafas, ish; 2) sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi; 3) son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so’zlari bilan keladigan ko’pgina so’zlar olmoshga ko’chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.



Olmoshlarning ma’no turlari

Kishilik olmoshlarishaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Qaratqich, tushum kelishigi hamda nikiqo’shimchasi qo’shilganda, men, sen olmoshlaridagi bir n tushib qoladi: me..ning, se..niki, se..ni. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin –payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir norttiriladi: unga, unda, undan. Bu olmoshlarga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi.

O’zlik olmoshinarsa –buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmosh narsa –buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o’z uyi, o’z ukasi.

O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, uchala shaxs kishilik olmoshi o’rnida ham ishlatiladi: o’zim –men, o’zing –sen, o’zi –u.

O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchalari bo’lishi shart: o’ziga, o’zingdan va b.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin