Fe’llarning yasalishi
Fe’llar ikki usul bilan yasaladi: 1. Fe’l yasovchi qo’shimchalar bilan: ishda, ko’kar. 2. So’zlarni bog’lab qo’shish bilan: e’lon qildi, borib keldi, sotib oldi, himoya qildi, javob berdi.
Yasovchi qo’shimchalar bilan fe’l yasash
Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi.
-laqo’shimchasi fe’ldan bo’shqa deyarli barcha so’z turkumlaridan fe’l yasaydi: ishla, oqla, sekinlamoq, shivirla, chuhlamoq, senlamoq.
-dan, -lash qo’shimchalari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi; faxrlandi, ikkilandi, ko’maklashdi, suhbatlashdi.
-illaqo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: chirqilla, chirilla, taqilla.
-ira qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: yarqiradi, yaltiradi.
-a qo’shimchasi ot, sifat va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: tuna, bo’sha, guldura, o’yin-o’yna.
Dostları ilə paylaş: |