O‘zbek tilida egallagan bilimlaringizni og‘zaki va yozma nutqda mustaqil qo‘llashga, ko‘nikmalaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 11-sinfda o‘zbek tilidan ijtimoiy vaziyatlarda o‘zaro
muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni,
ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali mustaqil ishlay olish layoqatlarini o‘zlashtirasiz. Og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalaringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalarni egallaysiz.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiborli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishni o‘rganasiz. Nutqiy mavzuni izchil va oson o‘zlashtirishingizni ko‘zda tutib, mavzularni 3 ta darsga ajratilgan holda tavsiya etdik. 1- va 2-darslarda nutqiy hamda grammatik mavzular berilgan bo‘lsa, 3-darsda «Adabiy o‘qish»
ruknida yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodiga oid materiallar berildi.
Taqrizchilar:
O‘. Lafasov – Toshkent davlat sharqshunoslik
instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi;