O‘zbek tili


g‘ubor – пыл, перен. тоска, грусть zulmat



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə18/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

g‘ubor – пыл, перен. тоска, грусть

zulmat – мрак, тьма

qorong‘i – темно

o‘limtik – падаль

6-topshiriq. She’rni rollarga bo‘lib o‘qing.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Kimlarni «O‘zbekistonning asl farzandlari» deb atash mumkin?

  2. Sharof Rashidov amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab bering.

  3. Matnning gapdan farqi, matn qismlari haqida ma’lumot bering.

  4. Tarjimayi hol kimning nomidan va qanday yoziladi?

  5. Daftaringizga BBB jadvalini chizing. Mavzu bo‘yicha nimalarni bilib olganingiz va nimalarni bilmoqchiligingizni yozing.

Bilar edim

Bilib oldim

Bilmoqchiman

...

...

...



Uyga vazifa. Sharof Rashidov haqida so‘zlab bering, she’rlarini yod
oling.

  1. dars



1-topshiriq. Rasmlar asosida partadoshingiz bilan suhbatlashing.
2-topshiriq. «Hunarmand bilan suhbat» mavzusida dialogni rollarga bo‘lib o‘qing va o‘z so‘zlaringiz bilan davom ettiring.



    • Assalomu alaykum usta, bu eshiklar sotiladimi?

    • Vaalaykum assalom, eshik olmoqchimisiz? Qayerga o‘rnatmoqchi ekan- ligingizni aytsangiz, shunga qarab tavsiya etaman.

    • Rahmat, ikkita ichki xonalar uchun, bitta tashqariga ochiladigani kerak edi.

  • Juda soz. Mana bu oynali eshiklar ichki xonalarga mo‘ljallangan, Naman- gan uslubida yasalgan. Bunisi naqshli, qo‘qonlik ustalarning mahsuloti. Qay- sisidan olasiz?

  • Namangan uslubida tayyorlanganidan ikkita bering, menga shunisi ma’qul bo‘ldi.

  • Bunisi tashqi eshik, taxtasi mustahkam, tut yog‘ochiniki.

  • Usta, bu eshikning naqshlari juda nafis ekan-a?

  • Ha, naqshdor eshik, bu buxorolik ustalarning ishi. Sizga yoqdimi?

  • Albatta, shuni bera qoling.

– … … … .




  1. mashq. Berilgan dialoglarni o‘qing. Suhbat jarayonida ishlatiladigan muomala odobiga oid so‘zlar va his-hayajonni ifodalovchi vositalarni ko‘rsa- ting.

  1. – E, Zokirjon, sizmisiz? Xo‘sh, qalay, topshirib chiqdingizmi?

    • Ha, qoniqarli deb topildi.

    • E, tabriklaymiz bo‘lmasa.

    • Rahmat, rahmat.




  1. – Hormanglar! – dedi rais ishchilarga qarab.

    • Bor bo‘ling!

    • Qalay, charchamayapsizlarmi?

    • Hosil mo‘l bo‘lsa, hech kim charchamaydi.

    • Xirmonga baraka. Topganingiz halol mehnatingizga yarasha bo‘lsin.

    • Rahmat.




  1. – Assalomu alaykum, qarindosh.

    • Vaalaykum assalom, – dedi Umrzoq ota.

    • Bugun hasharchilar kelishmadimi?

    • Yo‘q. O‘zimiz eplaymiz, deb javob berib yubordik.

    • Ofarin. Kuchingizga kuch, g‘ayratingizga g‘ayrat qo‘shilaversin.




3-topshiriq. Matnni o‘qing va savollar tuzing. Matn mazmuni asosida partadoshingiz bilan dialog tuzing.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin