O. Mo‘minova – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi;
O. Yo‘ldosheva – Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 5-sonli akademik litsey oliy
toifali o‘qituvchisi;
Z. Arinova – Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-maktab o‘qituvchisi.
O‘zbek tili: [matn] ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan o‘rta ta’lim
O‘ 16
muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv- chilari uchun darslik /X.S. Muxitdinova [va boshq.]. – Toshkent: DAVR NASHRIYOTI, 2018.– 192 b.
Shartli belgilar
UO‘K: 811.512.133(075.3) KBK 81.2O‘zb-922
-
|
Bilib oling!
|
|
Uyga vazifa
|
|
Topshiriq
|
|
Adabiy o‘qish
|
|
Mashq
|
|
Lug‘at
|
|
Suhbat
|
|
Savol va topshiriqlar
|
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
ISBN 978-9943-5024-3-7
© X.S. Muxitdinova va boshq., 2018
© «DAVR NASHRIYOTI» MCHJ, 2018
dars
1-topshiriq. Berilgan tayanch so‘z, so‘z birikmalari va rasm asosida o‘zaro suhbatlashing.
Tayanch so‘z va so‘z birikmalari: MDH davlatlari, katta anjumanlar sa- royi, davlat bayroqlari, davlat boshliqlari, sammit, teng huquqlilik, suveren davlatlar.
1-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor be-
O‘zbekiston – suveren davlat
O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti hisob- lanadi. O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida jahonning 166 mamlakati tan olgan. 133 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar
ring.
o‘rnatilgan. 44 mamlakat O‘zbekistonda o‘z elchixonasi va vakolatxona- sini ochgan, 30 mamlakatda esa O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki vakolatxonasi mavjud. O‘zbekiston BMTning to‘la huquqli a’zosi si- fatida ko‘p davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq va ijtimoiy-madaniy alo- qalarni o‘rnatmoqda.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarni, avvalo, o‘z Konstitutsiyasiga tayangan holda hamda xalqimizning milliy manfaat- laridan kelib chiqib, davlat suverenitetini yanada mustahkamlashga qaratil- gan holda olib boradi.
Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida dav- latlarning suveren tengligi, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume’tirof etilgan qoidalardan kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining asosiy maqsadi yagona iqtisodiy makon yaratish va uni yanada rivojlan- tirishdir.
(«O‘zbekiston Respublikasi» ensiklopediyasidan)
2-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering.
BMT, MDH qisqartma so‘zlarini izohlang. MDHga qaysi mamlakatlar kiradi?
BMT tashkiloti qanday vazifalarni bajaradi?
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarni nimalarga tayangan holda olib boradi?
Dostları ilə paylaş: |