O‘zbek tili


-yil 13-yanvar Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə30/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

1992-yil 13-yanvar Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi mil- latlararo munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil mil- lat va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta’minlaydi. Ularning o‘ziga xos madaniyatlari va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har to- monlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi.
Mazkur markazning asosiy vazifasi millatlararo totuvlik qaror topishi- ga yo‘naltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishdan ibo- rat.
Markaz O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklaydi va rivojlantiradi.







  1. mashq. Gaplarni yozing. Iboralarni topib mazmunini izohlang.



1. Hoshimjonning shundan keyin burni osmonga ko‘tarildi. 2. Bolalar bog‘ni vaqtida tozalashga bel bog‘ladilar. 3. Farzandining yomon xulqi ota-onaning boshini bukdi. 4. Karima xola o‘ziga bino qo‘ygan bu yigitga uzoqdan qarab turardi. 5. Sobiq direktor otdan tushsa ham, egardan tushmas edi. 6. Kechagi voqeadan bolalarning dami ichida edi. 7. Ko‘chamiz bolalari bugungi g‘ala- badan do‘ppisini osmonga otdi. 8. Ikkala dugonaning fikrlari bir joydan chiqdi.



  1. mashq. Gaplarni o‘qing. Iboralarni topib yozing, mazmunini izoh-

lang.

1. Singlim labi labiga tegmay, kelgan mehmonlarga gap bermay faqat o‘zi gapirdi. 2. U sahnaga chiqishdan oldin o‘zini qo‘lga oldi. 3. Bo‘lib o‘tgan vo- qealarni qor bosdi. 4. Uni ko‘rib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. 5. Yulduz qalbi pok, qo‘li ochiq qiz. 6. Salimning ko‘chaga chiqishga oyog‘i tortmadi. 7. Opa-singil- ning oralaridan qil ham o‘tmas edi. 8. O‘rtoq, gapni rosa olib qochasan-da.



  1. Atlas matolarimizdan mehmonlarning ko‘zlari qamashdi.




  1. mashq. Chap ustunda berilgan iboralarning mazmunini o‘ng ustunga

yozing.



yeng ichida




tepa sochi tikka bo‘ldi




qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarib qo‘ydi




tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi




yulduzni benarvon uradi




yuragiga qil sig‘maydi




qildan qiyiq axtarib






3-topshiriq. Maqollarni ko‘chiring va mazmunini tushuntiring.

Yaxshilik nur keltirar, yomonlik – zulmat. Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma.


Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod.
Yaxshi bo‘lsang yasharsan, nasibangni osharsan. Yaxshilik qilsang yashir, yaxshilik ko‘rsang oshir. Yaxshidan bog‘ qolar.
Uyga vazifa. Boshi osmonga yetmoq, burni ko‘tarilmoq, qovog‘idan qor yog‘moq, tepa sochi tikka bo‘lmoq iboralarining ma’nolarini yozing.
  1. dars




4-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatlashing.

    • Iltimos, Milliy madaniy markazning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari haqida gapirib bersangiz.

    • Yil sayin markazning xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro do‘stona aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Bir qator davlatlar o‘rtasida shartnomalar imzo- langan. Milliy madaniy markazda turli millat vakillari o‘zlarining an’anaviy bayramlarini o‘tkazib keladilar. Men televizorda rus milliy madaniy markazi- ning bayramlarini tomosha qildim.

  • Nimalarni ko‘rdingiz, gapirib bering-chi.

  • Rus va boshqa millat vakillariga mansub insonlar o‘zlarining milliy ta- omlari, sport musobaqalari yuzasidan bellashuvlar, ko‘rgazmalar tashkil qildilar. Ayniqsa, menga ularning milliy taomlarini sharhlab berganlari yoqdi.

  • Mening ota-onam ham koreys milliy madaniy markazi a’zolari hisobla- nishadi. Biz O‘zbekistonda yashayotganimizdan mamnunmiz. Chunki O‘zbekis- tonda turli millat vakillari o‘z an’analari, qadriyatlari va tillarini saqlagan holda yashashlari qonun tomonidan himoyalab qo‘yilgan.




4-mashq. Tavsifnoma namunasini o‘qing. Hujjatning mazmuniy qism- lariga va ularda beriladigan ma’lumotlarga e’tibor qiling.

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi 40-maktabning 11-sinf o‘quv- chisi, 2001-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Vohidova Dilnozaga



Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin