islohоt – реформа
|
takomillashtirmoq –
|
boshqarma – управление
|
совершенствовать
|
bo‘lim – отдел
|
bosqichma-bosqich – поэтапно
|
1-mashq. Berilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini toping. So‘z birikma- lari va gaplar tuzing.
Yumshoq, yengil, o‘t, lab, ko‘ch, mushak, osh, qirq.
2-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Ot so‘zining turli ma’nolarda ish- latilishini izohlang.
1. Koptokni uzoqqa ot, – dedi Tohir. 2. Qo‘lingdan kelganicha chiqar yax- shi ot. 3. Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot. 4. Yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.
3-mashq. Ikki ustunda berilgan gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini izohlab, solishtiring.
Men tushimda buvimni ko‘rdim.
|
Jamila, zinadan pastga tush.
|
Aziz yengil nafas oldi.
|
Uning sumkasi yengillashdi.
|
Masalaning shartini tuz.
|
Sho‘rvaning tuzi baland ekan.
|
Onam unni elakda eladi.
|
Laylo un chiqarmasdan yig‘lardi.
|
Abrorga otasi ot olib berdi.
|
Notanish kishi boladan oting nima deb so‘radi.
|
Omborxonaga o‘t ketdi.
|
Akmal qo‘ylarga o‘t berdi.
|
Bu yil tut serhosil bo‘ldi.
|
Sardor, qaddingni tik tut.
|
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nolarini solishtiring.
1. Bog‘bon dam olish uchun supaga o‘tirdi. 2. Bobom velosipedning g‘ildiraklariga dam soldi. 3. Qizcha sochini chiroyli qilib o‘rdi. 4. Doniyor tovuqlarga don sochdi. 5. Bugun biz fe’l so‘z turkumini o‘tdik. 6. Komilaga kundan kun fe’ling o‘zgarib boryapti, dedi o‘qituvchi. 7. Salima xola ro‘zg‘or ishlari bilan bo‘lib kech tushganini ham bilmay qoldi. 8. Bolalar suvdan ke- chib o‘tishdi. 9. Ustingni kir qilma, – deb bolaning qulog‘iga shivirladi onasi.
10. Kech tushib qoldi, uyga kir, – dedi buvisi.
Uyga vazifa. Chap ustunda berilgan so‘zlarning ma’nolarini o‘ng ustundan topib yozing.
yosh
|
rang, osmon
|
och
|
a’zo, harakat
|
ko‘k
|
qorni och, eshikni och
|
soch
|
ko‘z yoshi, umr o‘lchovi
| dars
3-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatlashing.
– Kechirasiz, terapevt, ko‘z doktori va nevropatolog qachon qabul qilishini bilsam bo‘ladimi?
Marhamat, terapevt va nevropatolog har kuni soat to‘qqizdan o‘n ik- kigacha va o‘n to‘rtdan o‘n yettigacha qabul qiladi. Ko‘z doktori esa hafta- ning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat o‘ndan o‘n oltigacha qabul qiladi.
Jarroh-chi?
Men sizni soat o‘n birga yozib qo‘ydim.
Rahmat. Kechirasiz, men elektrokardiogramma qildirishim kerak edi.
Qaysi xonaga kiraman?
Ikkinchi qavatga chiqib, 14-xonaga kirasiz. Laboratoriya soat sakkizdan ishlaydi.
Dorilarni qayerdan olish mumkin?
Retseptingiz bormi?
Bor.
Dorilarni retsept bilan dorixonadan olish mumkin. Dorixona hovlida.
Katta rahmat, xayr.
Sog‘ bo‘ling, xayr.
4-topshiriq. Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Dostları ilə paylaş: |