Uygavazifa. Herman Hessening «Cho‘l bo‘risi» hikoyasini o‘qib ke-
ling.
dars
1-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatlashing.
Mening opam milliy gilamlar to‘qishga juda qiziqadilar. Ustozlaridan o‘rgangan bu hunarlarini yanada kengaytirishga intilyaptilar. Gilam to‘qishga ijodiy yondashib, bejirim, turli-tuman gilamlar yaratib, ularda xalqimizga xos xususiyatlarni aks ettirish ularning asosiy maqsadlaridir.
Men esa echki yungidan ro‘mol, sharf hamda boshqa to‘qimachilik mah- sulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchiman.
Mening akam avtoservis ochganlar. Bu avtoservis haydovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Men esa qandolatchilik hunarini o‘rganmoqchiman va ke- lajakda qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ochmoqchi- man.
Men esa sartaroshxona ochmoqchiman. Sartaroshxona tadbirkorlikning servis sohasiga kiradi.
2-topshiriq. Matnni o‘qing va matn asosida savollar tuzing.
Tadbirkorlik kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda
topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. U biznesning asosiy turi hisobla-