Usta Shirin Murodov
O‘zbek me’morchiligining shuhrati butun jahonga tanilgan. Bunda o‘z kasbi tufayli tanilgan iste’dod sohibi usta Shirin Murodovning ham hissasi katta. Kasbga bo‘lgan mehr-muhabbat, tinimsiz mehnat uni elga tanitdi.
Uning otasi usta Murod va bobosi usta Nosir Buxoroning mohir ganсh- korlaridan bo‘lishgan. Usta Shirin 14 yoshida yetim qolib, amakisi, mashhur ganchkor usta Hayot qo‘lida ta’lim oldi. Mustaqil usta sifatida Karmana (ho- zirgi Navoiy)dagi saroyni bezashda ishtirok etib tanildi. Qadim Buxoroning ko‘rkam yodgorligi Sitorayi Mohi Xosaning Oq zali bezagi usta Shirinning me’morchilik mahorati kamolga yetganini namoyish etdi.
mashq. Matn namunalarini o‘qib, mazmunini va tuzilishiga ko‘ra farqlanishini tushuntiring va yozing.
Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, – dedi Navoiyga Badiuzzamon. – Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning ash’oringiz va Jomiy hazratlarining asar- lari mutolaasidan ko‘nglimiz safoga to‘ldi.
Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, – dedi Navoiy qiziqib. – Ammo yolg‘iz ash’or o‘qimoq kifoya qilmas. Tarix! Tarixni ko‘zdan kechir- madingizmi?
Ko‘ngil ash’orga ko‘proq moyil bo‘ldi. Fursat bo‘lsa, tarixni ham bosh- lagumdir, – javob berdi Badiuzzamon.
Oybek («Navoiy» romanidan parcha)
Uyga vazifa. «Men sevib o‘qigan kitob» mavzusida kichik monologik matn yozing.
dars
4-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va davom ettiring.
Bugun o‘qituvchimiz: «Bo‘sh vaqtingizni qanday qilib o‘tkazyapsiz?» – degan savol bilan suhbatni boshladilar.
Sen nima deb javob berding?
Sinfdoshim Komilning javobi menga yoqdi. U yoshlar markaziga bo- rar ekan. U yerda duradgorchilik, hunarmandchilik, zargarlik kabi to‘garak- lar bo‘lib, u duradgorlik to‘garagiga qatnashar ekan. Men ham yosh ijodkorlar markaziga bormoqchiman. Zargarlik to‘garagiga a’zo bo‘lmoqchiman.
Meni ham qiziqtirib qo‘yding. Birga boraylik.
– ... ... ...
5-topshiriq. Matnni o‘qing. Savollar tuzing.
1937-yilda Toshkent shahrida amaliy san’at (hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. Muzeyda ekskursiyalar, ko‘rgazmalar, xazina, ilmiy metodi- ka bo‘limlari, kutubxona (Internet tarmog‘iga ulangan) bor.
mashq. Berilgan xat namunasini o‘qing. Xatning turi va asosiy xusu- siyatlarini tushuntiring.
Salom Yulduz, sog‘-salomatmisan, oila a’zolaring yaxshimi? A’lo baholar- ga o‘qib yuribsanmi?
Mendan so‘rasang, yaxshi yuribman. Maktabda o‘qishlarim namunali. Hamma fanlardan a’lo baholarga o‘qiyapman. Sen yozgan maktubni olib, xur- sand bo‘ldim. Xatingda Oybekning «Navoiy» romanini o‘qishni boshlaganing- ni yozibsan. Men ham bu asarga qiziqib qoldim. Topib o‘qishga harakat qilyap- man. Maslahating uchun rahmat.
Sendan xat kutib qoluvchi dugonang Dilfuza.
mashq. Xat namunasida nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘z birikmalaridan mosini qo‘yib ko‘chiring va bu xatning qaysi turiga kirishini ayting.
Foydalanish uchun: kelishilgan joyga, shartnoma bandlarini kelishib olish uchun, qabul qildim.
Hurmatli
Sizning ... ... ertaga soat 11.00 da uchrashish haqidagi taklifingizni oldim.
Bu taklifni xursand bo‘lib ... ... . Ertaga o‘z vaqtida yetib boraman.
Hurmat bilan,
imzo
sana
Uyga vazifa. Xat namunalaridan foydalanib, do‘stingizga (dugo- nangizga) xat yozing.
3-dars
Adabiy o‘qish
Dostları ilə paylaş: |