Mark Tven
Asl ism-sharifi Semuel Lengxorn Klemens bo‘lgan amerikalik yozuvchi, jahon adabiyoti- ning yirik namoyandasi Mark Tven o‘spirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechir- gan, turli kasblar bilan shug‘ullanib, tirikchilik o‘tkazgan, keyinchalik gazeta tahririyatlarida ishlagan. Folklor sujeti asosida yozilgan «Ka- laverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qur- baqa» asarida soddadil amerikaliklarning ha- zil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan.
U Yevropa va Falastin bo‘ylab sayohat
qilgan. «Chet ellardagi soddadil kishilar» hajviy ocherklari, «Toblanganlar» ocherklari, kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosi- da vujudga kelgan. Yumoristik va satirik yo‘sinda yozilgan «Eski va yangi hikoyalar», «Tennesidagi jurnalistika», «Meni gubernatorlikka qanday say- lashgani», «Qishloq xo‘jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim» singari to‘plamlariga kirgan asarlarida Amerika hayotining turli qirralari tasvirlangan.
4-mashq. Ko‘chma ma’noli so‘zlarni topib namunadagidek yozing.
Namuna: Arraning tishi – ko‘chma ma’noda, o‘z ma’nosi – a’zo. G‘orning og‘zi, yumshoqqina kulimsiradi, qozonning qulog‘i, derazaning ko‘zi.
5-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini izohlang.
O‘qib, olim bo‘lganingizda ilmingiz bilan maqtanib, boshqalarni mensi- may mutakabbir bo‘lib yurmang, olim odam kamtar, muloyim, tavozeli bo‘ladi, ilmi bilan sira ham maqtanmaydi. Kecha-yu kunduz fikr-u zikri xalqqa foyda yetkazish bo‘ladi.
Uyga vazifa. So‘zlarni o‘z ma’nosida va ko‘chma ma’noda qo‘llab, 4 ta gap tuzing.
dars
Adabiy o‘qish
Rasul Hamzatov (1923–2003)
She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning. Olding panohingga notavonlarni, Zolimlarni esa dushman deb bilding.
Rasul Hamzatov
Dog‘istondagi kichkinagina avar eli- ning farzandi, XX asr jahon she’riyatining yirik vakili Rasul Hamzatov 1923-yil- da tug‘ilgan. 13–14 yoshlaridan bosh-
lab she’rlar yoza boshlagan. 16 yoshida shoir sifatida tanilgan. Otasi – Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa unga ijod ishida hamisha haqiqatni kuylashga o‘rgatdi. 18 yoshidan boshlab Rasul o‘qituvchi, artist
va muxbir sifatida mehnat qildi. Shoirning birinchi kitobi 1943-yili chop etilgan. 1945-yilda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olishga kirishadi.
«Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim tog‘lari», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim»,
«Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singari she’riy kitoblar, «Ona tilim», «Shu ham erkakmi?», «Do‘stlik haqida qissa» kabi she’rlari adibni butub dunyoga tanitdi.
Dostları ilə paylaş: |