Vatanga sadoqat
|
Vatanga xiyonat
|
|
|
4-topshiriq. Quyidagi maqollarni o‘qing, mazmunini izohlab dafta- ringizga ko‘chiring.
Olim bo‘lsang, olam seniki. Bilmaganingni bilgandan so‘ra. Birni kessang, o‘nni ek.
Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zni eshitishdan qaytma. Avval o‘yla, keyin so‘yla.
Yaxshini ko‘rib fikr qil,
Yomonni ko‘rib shukur qil.
Uyga vazifa. Chap ustunda berilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini o‘ng ustundan topib yozing.
-
chiroyli, xunuk, avval
|
go‘zal, ilgari, ko‘rimsiz, latofatli, xushsurat, badbashara, oldin, sohibja- mol, qadim
| dars
5-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Vatanparvarlik
Vatanni sevish vatanparvar bo‘lish demakdir. Vatan muqaddasdir. Uni asrashimiz kerak.
Vatanparvarlik ona zaminga bo‘lgan muhabbat bilan o‘lchanadi. Uning ravnaqiga har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishga intiladi. Xalqiga sodiq kishi vatanparvardir. U har qanday vaziyatda ham xalqi-
ga, Vataniga xiyonat qilmaydi, Vatanini sotmaydi.
Vatanparvarlik – jonkuyarlikdir. Chunki vatanparvar kishi o‘z hayoti- ni yurtining tarixi, ilm va madaniyati, milliy qadriyatlarini bilish hamda e’zozlashga bag‘ishlaydi. Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida. Ular ajdodlari tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylaydilar. Vatan taraqqiyoti, millat obro‘siga hissa qo‘shgan, xalqiga foyda keltirgan, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilgan inson vatanparvar hisoblanadi.
Shunday ekan, har bir kishining qalbida o‘z Vataniga buyuk e’tiqod, muhabbat his-tuyg‘ulari barq urib tursa, bu ajoyib ne’matlarni umrbod ar- doqlasa, shundagina u haqiqiy vatanparvar bo‘la oladi.
– O‘zbek tili 11-sinf 97
3-mashq. Berilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini quyida berilgan jad- valdan topib namunadagidek yozing.
Namuna: samo – osmon, ko‘k, falak.
Yuz, inson, ulug‘, yurak, taom, keksa, ishchan, chiroyli, ko‘p, hamma, bitirmoq, sezgi, asramoq.
Bet, chehra, aft, ovqat, bashara, qalb, dil, odam, tugatmoq, tamomlamoq, osh, his, mo‘l, ko‘ngil, bisyor, bari, himoya qilmoq, mo‘ysafid, avaylamoq, saqlamoq, go‘zal, tirishqoq, xushro‘y, ko‘hlik, qari, barcha, oqsoqol, nuroniy, harakatchan, buyuk, katta.
4-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini topib
yozing.
Uning akasi ishni bitirdi. 2. Berilgan ishni bitirdi. 3. Yangi rejalar haqida so‘zladi. 4. Gulnozaning betiga tabassum yugurdi. 5. Onasiga, Vata- niga bo‘lgan mehrini sezdi. 6. Eshik ochilib, onasining chiroyli yuzini ko‘rdi.
O‘zbek xalqining urf-odatlari ko‘p. 8. Bu yil dalalarda poliz ekinlaridan
Dostları ilə paylaş: |