Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs
ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda
yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish;
masalan: Xizmat safari haqida;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq
joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli
so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni,
mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi
gaplardan foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
— muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul
qilingan birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z
o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini
aniq ko‘rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said
Olimov kabi.
Dostları ilə paylaş: |