T A V S I Y A N O M A
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish
uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi.
U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan bеrilishi mumkin.
Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari –
mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho
bеriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib
ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu
sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular
orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy
xususiyatlari qayd qiinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari
ko‘rsatilishi bilan birga, kеyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani
bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.
|