Ozbek tilida ish yuritish


B I L D I R I S H N O M A



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix01.01.2022
ölçüsü273,11 Kb.
#107093
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
ozbek tilida ish yuritish

B I L D I R I S H N O M A 

 

Muayyan  muassasa  (tarkibiy  qism)  rahbariga  xizmat  faoliyati  bilan 



aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir 

voqеa  va  hodisa  haqida  xabardor  qilish  zarurati  tug‘ilganda  taqdim  etiladigan 

mufassal  yozma  axborot  bildirishnoma  deyiladi.  Unda,  odatda,  bayon 

qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. 

 

Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. 




 39 

 

I c h k i  b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga 



yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. 

T a s h q i  b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga 

yoki  mansabdor  shaxsga  yoziladigan  bildirishnoma,  odatda  xos  ish  qog‘oziga 

ikki  nusxada  yoziladi.  Hujjatning  ikkinchi  nusxasi  muassasaning  o‘zida 

qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.  

 

Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan 



va ishonarli bo‘lmog‘i kеrak.  

Shuning 


uchun  ham 

bildirishnomalarda 

chiqarilgan 

xulosalarni 

tasdiqlovchi, 

voqеa-hodisalarga, 

qonunchilik 

ko‘rsatmalariga, 

tеgishli 

hujjatlarning  raqam  va  sanasiga  hamda  bayon  etilgan  masalani  bеvosita 

muassasa  misolida  o‘rganish  yoki  sinab  ko‘rish  natijasida  olingan  boshqa 

dalillarga  havolalar  qilinishi  zarur.  Bildirishnoma  matni  asosan  ikki  qismdan 

iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqеalar bayon 

qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish harakatlar haqidagi takliflar 

aks etmog‘i zarur.  

Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat to‘g‘risida xabar 

berish  bilan  cheklanish  yetarli  emas,  ularning  sabablari  tahlil  qilinishi,  xulosa 

chiqarilishi,  takliflar  berilishi  ham  lozim.  Shuning  uchun  bildirishnomalarda 

xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. 

Agar  bayon  qilinayotgan  malumotlar  aniq  sana  yoki  vaqtga  tegishli 

bo‘lsa,  bu  sana  yoki  vaqt  matn  oldidan  ko‘rsatilishi  lozim.  Masalan:  2008-yil 

10-oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi. 

 


Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin