Topshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing, uning mazmuniy tuzilishiga e’tibor
bering.
Institute rektorining buyrug‘iga binoan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
Z.Davronov, bosh hisobchi O.Komilov, taftish komissiyasi a’zolari R.Rasulov,
O.Yunusovlardan iborat komissiya tomonidan tuzildi.
Komissiya institut talabalar turar joyidagi barcha sport anjomlarining ahvoli va
sifatini o‘rganib chiqdi va quyidagi sport anjomlarini ishlatish uchun yaroqsiz
deb topdi:
Voleybol to‘ri, 1 ta, bahosi 5000 so‘m.
Voleybol to‘pi, 2 ta (1 tasining narxi 4400 so‘m), umumiy bahosi 8800 so‘m.
Shohmot (taxtasi bilan), 2 ta (1 tasining narxi 2600 so‘m), umumiy bahosi 5200
so‘m.
Futbol to‘pi, 1 ta, bahosi 4500 so‘m.
Komissiya yuqorida ko‘rsatilgan va umumiy bahosi 23500 (o‘n bir ming besh
yuz) so‘m bo‘lgan sport anjomlarini hisobdan chiqarish zarur deb hisoblaydi.
2-topshiriq. Laboratoriya xonasidagi jihozlarni hisobdan chiqarish haqida
dalolatnoma tuzing.
E ‘ L O N
Ko‘pchiikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kеlgusida)
bo‘ladigan biron-bir tadbir – majlis, uchrashuv, shuningdеk ishga, o‘qishga
qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma
axborot e’lon deyiladi.
|