Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix01.01.2022
ölçüsü273,11 Kb.
#107093
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
ozbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 

1-topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Telefonda  so‘zlashish  odobiga  oid  jumlalarning 

ma’nosini izohlang. 

Agar  siz  qo‘ng‘iroq  qilsangiz,  albatta,  gapni  salom-alikdan  boshlang. 

Shundan  so‘ng  o‘zingizni  taniting  (ish  yuzasidan  telefon  qilsangiz  xizmat 

vazifangizni  ham  aytganingiz  ma’qul)  va  kerakli  joyga  tushdingizmi  yoki 

yo‘qmi  shuni  aniqlab  oling.  Kerakli  joyga  tushganingizga  ishonch  hosil 




 55 

qilganingizdan  so‘ng,  sizga  zarur  bo‘lgan  kishini  chaqirib  berishlarini  iltimos 

qiling.  Hol-ahvol  so‘rab,  asosiy  maqsadga  o‘ting.  Telefonda  qisqa,  lo‘nda 

gaplashishga  harakat  qilishingiz  lozim.  Xayrlashib  bo‘lganingizdan  keyin 

telefon  dastagini  birinchi  bo‘lib  siz  qo‘ying,  chunki  telefon  raqamini  siz 

tergansiz. 

Agar  sizni telefonga  chaqirishsa,  «Labbay»  yoki  «Eshitaman»  deb  javob 

qiling.  Boshqa  joyga  tushib,  sizdan  kechirim  so‘rashsa,  «marhamat,  hechqisi 

yo‘q»,  deb  dastakni  qo‘ying.  Telefon  orqali  muloqot  qilayotganingizda 

xodimlardan  biri  huzuringizga  kelib  muhim  ishi  borligini  aytib  qolsa, 

hamsuhbatingizdan  uzr  so‘rang  va  ma’lum  vaqtdan  keyin  unga  o‘zingiz 

qo‘ng‘iroq  qilishingizni  aytib,  telefon  dastagini  ohista  qo‘ying.  Telefonda 

gaplashayotganda  o‘tirgan  joydan  turib,  qo‘lini  ko‘ksiga  qo‘yib  yoki  boshni 

egib  gaplashish  kabilar  odob  doirasiga  kirmaydi.  Bu  holatda  gaplashsangiz 

atrofdagi xodimlarning g‘ashiga tegasiz. 

2-topshiriq.  Telefonogrammani  o‘qing,  shu  asosda  institutingizda  «Kamolot» 

yoshlar  ijtimoiy  harakatining  yillik  hisobot  yig‘ilishi  bo‘lishi  haqida 

telefonogramma namunasini yozing. 

«Ustoz» jamg‘armasi  

Yetkazuvchi — kotiba  

Salimova.  

Tel: 45-16-20 

TKTI qoshidagi akademik litsey 

direktoriga  

Qabul qiluvchi — kotiba  

Turopova. 

Tel: 46-36-95 soat 15:30 

TELEFONOGRAMMA 

2008.18.04.  Toshkent.                                                                          № 14 

              Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi yig‘ilishi 

qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150 rusumli kompyuter 

ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni 

yuborishingiz lozim. 

 

                                    Jamg‘arma raisi  I.Shodmonqulov



 


 56 


Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin