O‘zbek xalq pedagogikasi va nafosat tarbiyasi



Yüklə 13,58 Kb.
tarix11.02.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#123274
O‘zbek xalq pedagogikasi va nafosat tarbiyasi


Aim.uz

O‘zbek xalq pedagogikasi va nafosat tarbiyasi
O’zbek xalqi boy an’ana va udumlarga ega, u to‘y tantanalari, marosimlari, mehmon kutish, datsurxon tuzash, milliy taomlar pishirish va boshqa jihatlari bilan butun dunyoga mashhur. Asrlar mobaynida xalqning har qanday rasm-rusumlari urf-odatlari, qadriyatlari avloddan-avlodga o‘tib keladi. Mutsaqillikka erishgach, bu odatlar, udumlar, qadriyatlar yanada mu-kammallashdi, rivoj topdi.
Yoshlarni har tomonlama estetik idrokli qilib tarbiyalash muammolarini hal etishda jamiyatimizning eng ishonchli tayanchi oiladir. Yoshlarni estetik tarbiyalash avvalo ularning, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tiklashda faol ishtirok etishlarini taqozo etadi. Bugungi kun oila masalasini, er bilan xotin orasidagi, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, to‘g‘ri va ijobiy hal etish farzandlar tarbiyasida asosiy shartlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Darhaqiqat, o‘tmishda xalq pedagogikasi asosida tarbiya topgan komil insonlar ijobiy xislatlar sohibi sifatida barchaga namuna bo‘lishgan. Tarbiya tarixidan ma’lumki, jamiyatning o‘zagi sanalmish har bir xonadonda bolaga yoshligidanoq sharqona go‘zal odobning ilk saboqlari erinmay o‘rgatilgan. Milliy tarbiya bolani har tomonlama tarbiyalashni maslahat beradi. Bular jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, go‘zallik va nafosat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsiy tarbiya. Bu borada oila va jamiyat maqsadlari mushtarakdir.
Ma’lumki, oila totuvligi masalasi insoniyatning doimiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan, chunki oila yoshlarni tarbiyalashning eng ishonchli maskanidir va unda estetik tarbiyaning ahamiyati kattadir.
Insoniyat jamiyatida oilaning o‘rni beqiyos. Oilada otaning o‘rni qanchalik yuk­sak bo‘lsa, onaning obro‘si ham shunchalik ulug‘dir. Har bir ota-ona farzandi siymosida o‘zining yoshligini, umrining bahorini va orzu-umidlarini ko‘rishni itsaydi. Ular oila bilan jamiyatni bog‘lab turuvchi ma’naviy ip, oila a’zolarini jamiyat qonun-qoidalariga mos ruhda tarbiyalovchi murabbiydir.
Ota-onaga ehtirom ko‘rsatish, xizmatlarida bo‘lish har birimizning insoniy burchimizdir. Zero, buyuk Alisher Navoiy hazratlari aytganlaridek:
Onalarning oyog‘i otsidadur,
Ravzayi jannat-u jinon bog‘i,
Ravza bog‘i visolin itsaresang,
Bo‘l anoning oyog‘in tufrog‘i.
Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin