O`zbek xalqining mentalitetiga xos qadimgi udum va an’analar Sirdaryo viloyati Bayovut tumani 12-sonli maktabning tarix fani o’qituvchisi Qurbonov Elyor Qurbonvich. Guliston davlat universetining tarix yonalishi 2-bosqich talabasi Bozorova Madina To’raboy
O`zbek xalqining mentalitetiga xos qadimgi udum va an’analar Sirdaryo viloyati Bayovut tumani 12-sonli maktabning tarix fani o’qituvchisi Qurbonov Elyor Qurbonvich. Guliston davlat universetining tarix yonalishi 2-bosqich talabasi Bozorova Madina To’raboy qizi. Annotatsiya: ushbu maqolada insonning dunyoga kelib ,yashab, umri payoniga yetib tuproqqa qo’yilguncha unga doimo hamroh bo’ladigan eng asosiy o’zbekona urf-odatlar, tamoillar,udumlar haqida qisqacha bayon etilgan. Kalit so’zlar: chilla saqlash, alla, beshik to’yi, xatna qilish, sunnat to’yi, muchal to’yi, sovchilik, fotiha to’yi, nikoh to’yi , xudoyi, ziyorat. Har bir avlod o’z xalqining ma’naviy idrokini ruhiga singdra olsagina o’zidan keying kelayotgan avlodlarga yetkazib bera oladi.O’zi o’z xalqining urf-odatlarini bilmasa keying avlodga qanday yetkazib bera oladi? Inson millatiga xos mentalitetiga xos rasm –rusumlarni o’rganmas ekan , bu urf-odatlar unitilishiga yuz tutadi. Ba’zilar udum nimaga kerak ,eskilik sarqiti emasmi bular ? deb aytishilari ham uchrab turishi mumkin. Udum nimaga kerak ekanini anglab olish kerak. Udum ham qonun ,udum ham mafkura .O’zbek udumlari yozilmagan qonunlar bo’lsada ular hamisha yashaydi va hamisha ishlaydi. Bu abadiy –mafkura 1. Mafkura esa muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy , siyosiy, huquqiy, diniy, estetik qarashlarning butun bir tizmiga aytiladi.2Xalqimiz hayotidagi juda ko’p udum va an’analar aynan islom dinining tasiri ostida shakkillangan. Tavallud topgan bolaning qulog’iga ota – bobolarimiz birinchi navbatta bir mullo chaqirib azon ayttirganlar. Azon aytilganda bolaning qulog`i ochilgan. Odamlarni eshitish qobilyati ish boshlagan. Birinchi navbatta ismi qulog’iga singdirilgan. So’ngra kichik chilla yigirma kungacha , katta chilla qiriq kungacha bo’lib o’tgan. Bu orada bolani mevali daraxtning yog’ochidan yasalgan beshikka belangan.Chilla xonaga begona insonlarning kirishi qattiyan taqiqlab qo’yilgan.Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udumlardan yana biri xatna qilishdir. Xatna odati islom dinidan ancha oldin paydo bo’lgan. Axuramazda –Avesto davrida Eron va Turonda , so’ngra yahudolik iudizim aqidalarida ham mavjud bo’lgan.3Xatna – musulmon bolasining “qo’lini halollash” , ya’ni, jinsiy a’zosining bosh qismi po’stlog’ini chilqip tashlash. Gigiyenik tomondan tozalik va sog’lomlikka rioya qilishdir. Xatna toyi bizgada “ sunnat toyi”nomi bilan ataladi. Bu nom asrlar davomida turli xildagi nomlar bilan atalgan. Uning boshqacha nomlari ham mavjud. Masalan “imenina”, “ maktabga boorish to’yi”, “bog’chadan chiqish ”kabi nomlari ham mavjud.4
1 Mahmud Sattorov .O’zbek udumlari.Cho’lpon nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi TOSHKENT -2007.
2 Abduqaxxor Ibrohimov .Bizkim ,O’zbeklar…”Sharq” nashriyot –matbaa konserni bosh taxririyati.Toshkent -1999.
3 Mahmud Sattorov .O’zbek udumlari.Cho’lpon nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi TOSHKENT -2007.
4 Mahmud Sattorov .O’zbek udumlari.Cho’lpon nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi TOSHKENT -2007.