O’zbekistо n respublikasi



Yüklə 301,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü301,05 Kb.
#140103
  1   2   3   4   5   6   7   8
Мз 2лот



2
 - mavzu: Tabiat- inson va jamiyat sistemasi
Reja: 
1. Inson ekologiyasi tushunchasi 
2. Insonning biologik tur sifatidagi o„rni 

3. Tabiat, olam tushunchalari va ularning ekologik jihatlari 


4. Tabiat - inson – jamiyat tizimi 
5. Tabiiy muvozanat va tabiatga antropogen ta‟sir 
Ma‟lumotlarga ko„ra qadimgi odam(paleontrop)lar qalin o„rmonlarni o„ziga 
makon bilganlar, keyinchalik asta-sekin o„rmonsiz yalangliklarga chiqib, nisbatan 
mo„l ozuqa manbalariga ega bo„la boshlaganlar. Ular tabiiy buyumlar; tosh va 
yogochdan foydalanganlar, ayrim sun‟iy qurollarni yasaganlar, olovdan foydalanishni 
bilganlar. Asosan o„simliklarning ildiz va mevalarini yig„ish, ov va baliq tutish bilan 
shug„ullanganlar. SHubxasiz, ular tabiatta sezilarli ta‟sir ko„rsatmaganlar. «Ekologik 
taxlil -, deb yozadi rus olimi B. F. Porshnev: paleantrop o„z atrofidagi hayvonot 
dunyosi" bilan kuchli bog„lanishda bo„lganligini ko„rsatadi paleantrop... barcha 
hayvon va qushlar uchun mutlaqo xatarsiz bo„lgan, u xech nimani uldirmagan» 
SHuning uchun bo„lsa kerak u baliq, bo„ri, tungiz bilan bemalol «tillasha» olgan, 
yovvoyi-yirtqichlarni xonakilashtira boshlagan.
Zamonaviy odamlarga ancha yaqin bo„lgan neandertal odamlar bundan 100-
300 ming yil avval asosan Evropa, Afrika va Osiyoda yashaganlar. Ulardagi 
mehnatga layoqat inson evolyutsiyasiga katta ta‟sir ko„rsatgan. Ibtidoiy mehnat 
jamoalarining vujudga kelishi mehnat qurollarini takomillashtirishni, tabiiy 
resurslardan foydalanish(mevalar terish, baliq tutish, ov) ko„lamini orttirishni, 
chorvachilik va dehqonchilikni rivojlantirishni taqazo etgan. 
Odam paydo bo„lishida(antropogenez) biologik omil bilan birga ijtimoiy 
omillar muhim rol o„ynagan. Melitsa Daniel va Peter Xeriostlar aholining tarqalishi 
bilan ekologik muammolarning o„zaro bog„likligini o„rganib, bu muammolarning 
besh tomonini ko„rsatdi. 
1.
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarning tugashi. 
2.
Insonning ta‟siri tufayli tuproq, o„simlik va hayvonot, chuchuk suv kabi 
tabiiy resurslarning o„z-o„zini tiklash xususiyatininig susayishi. 
3. Atrof tabiiy muhitning intensiv ifloslanishi. 
4. Aholining ortiqcha ko„payib ketishi ya‟ni aholi zichligining birmuncha yuqori 
darajaga etishi, 
5. Odam sonini o„sishi bilan bog„liq ravishda aholi turmush darajasini pasayishi. 
Suv, havo va tuproqlarning ifloslanish darajasini yuqori bo„lishi inson 
salomatligi uchun o„ta xavflidir. Olimlarning ta‟kidlashicha aholi soni va zichligini 
ortishi kishilarning fe‟l-atvorida mehrsizlik, tajovuzkorlik, xattoki vaxshiylik kabi 
salbiy(noinsoniy) holatlarni keltirib chiqaradi. 
Hozirda sog„likni saqlash va tibbiyotda katta yutuqlarga erishilganligi tufayli 
ma‟lum o„zgarishlar ro„y berdi. O„lim darajasi yiliga 20-45% ga pasaydi. Buning
asosiy sabablari bir qator kasalliklarni(bronxit, zotiljam va nafas olish yo„llari 
hastaliklari va b.h,) bartaraf etilishidir. Aholi salomatligidagi tub o„zgarishlar va 
demografik jarayonlar o„rtacha umr ko„rish ko„rsatkichi ortganligini ko„rsatmoqda. 


Hozirgi davrda ko„p ekologik muammolarning kelib chiqishining asosiy 
sabablaridan biri aholini tez o„sayotganligidir. YEr -yuzi aholisining o„sishi XX-asr 
oxirlariga kelib yiliga 60 mln, har soatda 8 ming kishini tashkil etdi. Odamlar Er 
sharida bundan bir necha ming yillar avval paydo bo„lib, ularning soni 1830 yilda 1 
mlrd.ga ko„paydi, 1930 yilda esa 2 mlrd.ga va 1962 yilda (32 yil ichida) 3 mlrd. 
kishiga etdi. Hozirda er shari aholisining soni 7-8 mlrd.dan oshdi, buni olimlar 
demografik portlash yoki aholi portlashi deyishadi. 
Inson o„z extiyojlari uchun zarur barcha narsalar (oziq- ovqat, kiyim-kechak 
qurilish materiallari va b.h.)ni tabiatdan oladi. Insonning turmush faoliyati uchun 
kerakli bo„lgan har qanday mahsulotlar tabiiy resurslar asosida yaratiladi. Insoniyat 
uchun yashash vositasi bo„lib xizmat qiladigan va xo„jalikda foydalaniladigan tabiat 
unsurlarining barchasi tabiiy resurslar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi resurslardan foydalanish ko„lamining ortishiga olib kelishi tabiiy hol. 
Tabiat bilan jamiyat o„rta- sidagi o„zaro munosabatlar zaminida ham ana shu tabiiy 
resurslardan foydalanish yotadi. 

Tabiat deyilganda biz o„zimizni o„rab turgan havo, suv, tuproq, tog„ jinslari, 


o„simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliq(fizik qurshov)ni ko„z 
o„ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va ma‟naviy extiyojlarini 
qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jixatdan uni onaga qiyoslab, bejizga 

Yüklə 301,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin