O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya ta’lim tizimining qiyosiy tahlili quyidagicha: 1.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: -maktabgacha ta’lim; -umumiy o‘rta ta’lim; -o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi; -oliy ta’lim; -oliy ta’limdan keyingi ta’lim; -malaka oshirish va kadrlami qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta’lim.2. Yaponiya ta’lim tizimi esa quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: -maktabgacha ta’lim; -boshlang'ich ta’lim; -kichik o ita maktab; -katta o‘rta maktab; -kasb-hunar ta’limi; -oliy ta’lim; -magistratura; -doktorantura. 3. Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi, majburiy, bepul. 4 .0 ‘zbekistonda ham boshlang‘ich ta’lim majburiy va bepul, 4 yil davom etadi. 5. Yaponiya ta’lim tizimida majburiy malaka oshirish tizimi majud. - O‘zbekistonda ham har 3-5 yilda sohalar bo‘yicha malaka oshiriladi. 6. Yaponiyada o‘z tashabbusi bilan malaka oshirgan o‘qituvchiga qo‘shimcha zaq toianadi. 7. O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim majburiy, bepul. Yaponiyada esa 9 yillik ta’lim majburiy, bepul; S. Yaponiyada “Dzyuku” mahorat bosqichida o‘quvchi va talabalar qo‘shimcha tahsil oladilar. 9. O‘zbekistonda asosan oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘quv markazlarida tashkil etilgan kurslarga va repetitorlarga qatnaydilar. 10. 2011 yildan boshlab Yaponiyada ingliz tili boshlang'ich ta’limda majburiy fan bo‘lib kiritildi. 11. 2013 yildan boshlab O‘zbekistonda ingliz tili boshlang'ich ta’limda majburiy fan bo‘lib kiritildi. 12. Yaponiyada katta o‘rta maktabning kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish turlari bor. 13. 0 ‘zbekistonda barcha ta’lim turlarida faqat kunduzgi o‘qish turi bor. 14. Har ikkala mamlakatda bakalavr darajasini olish uchun 4 yil oliygohda tahsil olishadi. (tibbiyot sohasi bundan mustasno.) 15. O‘zbekistonda oliy o‘quv yurti talabalarining barchasi stipendiya oladi. 16. Yaponiya oliy ta’lmvida stipendiya deyarli yo‘q. 2011 yilgi ma’lumotlarga qaraganda 2.880.000 yapon OTM talabalaridan atigi lOOga yaqini yapon hukumati stipendiyasini olishdi. Stipendiyani eng iste’dodli va eng kam ta’minlangan o‘quvchiga qaytarish sharti bilan berishadi, bu stipendiya ta’lim harajatlarini to‘liq qoplamaydi. 17. Yaponiyada xususiy ta’lim muassasalari juda ko‘p, O‘zbekistonda esa deyarli juda kam. 18. O‘zbekistonda o‘qish 2 sentabrdan boshlanadi, Yaponiyada esa 1 apreldan boshlanadi. 19. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’limida o qish 4 chorak davom etadi, Yaponiyada esa 3 trimestrdan iborat. 20. Yaponiyada boshlang'ich ta’lim (syogakko) 6 yoshdan 12 yoshgacha davom etadi, O‘zbekistonda 7 yoshdan 11 yoshgacha.