O‘zbekiston badiiy akademiyasi


Asarda aks ettirilgan erkak va ayol timsoli –



Yüklə 115,29 Kb.
səhifə10/12
tarix03.12.2022
ölçüsü115,29 Kb.
#120405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
non bozori asosida kompozitsiya ishlash

Asarda aks ettirilgan erkak va ayol timsoli – ushbu kompozitsion asarda keltirilgan erkak timsoli-bu oilaning ustuni deb olingan. Ma’lumki, oila – insoniyatning ilohiy va mo‘‘jizaviy kashfiyoti. Jahonda oila qurmay yashaydigan xalq yoki elatning o‘zi yo‘k, biroq unga munosabatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qilishadi.
Prezidentimiz “Oila-jamiyatning negizi” ekanligini ta’kidlab shunday deydi: “Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa bir-biriga nisbatan ezgullik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas oila turmush va undagi qonunlari asosida quriladi. O‘zbekiston ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O‘zbeklarni aksariyati o‘zining shaxsiy faravonligi to‘g‘risida emas, balki oilasini qarindosh-urug‘larini, yaqin odamlarini ko‘shnilarining omon esonligi to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir” degan edi. I.A.Karimov “O‘zbekistoning o‘z istiqloli va taraqqiyot yo‘li” kitobida. Zero bugungi O‘zbekiston mustaqiligining mustahkamligi uning kelajagi, ravnaqi avvalo uning fuqarolariga, ularni amaliy faoliyatiga, ma’naviy ahlokiy barkamolligiga, g‘oyaviy-siyosiy etukligiga milliy o‘zligini qanchalik anglay olishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. SHu ma’noda oilaning boshqaruvida erkakbirinchi o‘rinda turishi hech kimga sir emas. Birinchi planda erkak sotuvchilar o‘z halol mehnatlari bilan oilani tebratish maqsadida non bozorida sotuvchilik hunari bilan shug‘ullanayotganlari tasvirlangan. Jamiyatning muqaddas va dahlsiz mustaqil muhtoriyatdan iborat saltanatdir. Bu saltanatning podshohi – ota, vaziri – onadir. SHuning uchun xalqimiz oila chirog‘i – ayol, uning ustuni – erkak deb bejiz aytishmagan.
Non. Ne’matlar ichida eng aziz bo‘lgani - nondir. Non - rizq-ro‘zimiz, uni avaylash, uvol qilmaslik har birimizning burchimizdir.
Emoq-ichmoq shaklidagi ne’matlar ichida faqatgina non inson me’dasiga tegmaydi. Uni har qancha iste’mol qilmang, to‘yimli bo‘lish bilan birga tanga yoqimli huzur bag‘ishlaydi.
Xo‘sh, bizga berilgan mana shunday bebaho ne’matlarni isrof qilmaslik uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
Eng avvalo, mana shunday non bozorida kabi mavzularda yaratilgan tasviriy san’at asarlari orqali yosh avlod ongida ana shu bebaho ne’matga nisbatan mehr, hurmat, qadrlash tuyg‘ularini yanada kuchaytirishimiz lozim. SHu o‘rinda bola tarbiyasida onalar o‘rni nihoyatda katta ekanligini hisobga olsak, bu masalada ularga katta vazifa va mas’uliyat yuklanadi. Lekin ba’zi bir loqayd ayollar borki, ular o‘z farzandlariga nonni e’zozlash, uni isrof qilmaslik xususida etarlicha tarbiya bermaydilar.
Qolaversa, bola tarbiyasida nainki ota-ona, balki etti mahalla mas’uldir. SHu nuqtai nazardan aytganda, har bir farzandning sog‘lom, ziyrak, odob-axloqli bo‘lib ulg‘ayishi, shu bilan birga, turli ne’matlarni, xususan, nonni e’zozlashga o‘rgatish masalasiga xushyor va e’tiborli bo‘lishimiz lozim. Bolalarning har qadamini nazorat qilib, yaxshi va yomonni uqtirish, to‘qlikka - sho‘hlik qilayotganlarida ularni tartibga chaqirib qo‘yish, noto‘g‘ri harakatlaridan qaytarib turish barchaning vazifasiga kiradi.
Hayotda yaxshi oilalar ko‘p. Ana o‘shanday toza muhitda o‘sayotgan bolalar esa odobli bo‘ladi. Ayniqsa, maktabda o‘quvchilar orasida o‘zlarining chiroyli odobi bilan ular hammadan ajralib ham turadi. Masalan, ota-onasi bergan pulga biron nima olib eyish uchun, albatta, maktab oshxonasiga kiradilar. Qo‘llarini yuvadilar, shoshilmasdan, ozoda va pokiza bo‘lib tamaddi qilib oladilar. YAna ba’zilari yo‘lda non ushog‘ini ko‘rib qolguday bo‘lsa, uni darrov qo‘liga olib "puf-puf"lab, ko‘zlariga surtib, keyin chetroqqa olib qo‘yadilar.
Bolalardagi bunday go‘zal xulq barchaga birdek yoqadi va albatta, boshqalarga namuna bo‘lish bilan birga, qadr ham topa oladilar. Buning uchun takror aytish joiz, oilaviy muhit, onalarning bolalariga to‘g‘ri tarbiya berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola tarbiyasida befarq bo‘lish mumkin emas. Jumladan, ularga yoshligidan ne’matlar ichida non eng aziz ekani haqida obdon tushuntirmog‘imiz lozim. Oilaviy muhitda bunday asarlarning devorda osilib turishi bilan farzandlarning odobi, dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o‘ynar ekan, demak, har bir ota-ona o‘z farzandlarining barcha aziz ne’matlar qatori nonning qadriga etib ulg‘ayishiga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Ushbu asarda tasvirlangan mehnat faoliyati ham insonning baxti, istiqbolini, sog‘lom turmush tarzini, saodatini anglatish ma’nosida keltirilgan.

Yüklə 115,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin