O‘zbekiston badiiy akademiyasi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 115,29 Kb.
səhifə3/12
tarix03.12.2022
ölçüsü115,29 Kb.
#120405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
non bozori asosida kompozitsiya ishlash

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mazkur bitiruv malakaviy ishining mavzusi doirasidagi dastgohli rangtasvir ishlari ushbu san’atni yoritib beruvchi manbalar qatoridan joy olgan.
Bizga ma’lumki, ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi “”Non bozorida” mavzusi dastgohli rangtasvir yo‘nalishida kam yoritilgan bo‘lsa-da, maishiy janrda ijod qilgan rassom va ularning ijodiy faoliyati keng qamrovda o‘rganilmoqda.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Mavzuning maqsad va vazifalari yuqorida keltirilgan rassomlikning ijodiy jarayonidagi davriy bosqichlarni o‘rganib, bugungi kunga qadar “Non bozorida ” mavzusi misolida maishiy janr asosida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida o‘qitishni rivojlanish jarayonini tadqiq etishini oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Mavzuning ob’ekti. Ushbu bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti “Non bozorida” mavzusida olib boriladigan tasviriy san’at mashg‘uloti jarayoni
Mavzuning predmeti. rassomlik yo‘nalishidagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashda kompozitsiya fanida o‘qitiladigan “Non bozorida” mavzusi bo‘yicha dars mashg‘ulotining ta’lim mazmuni, shakli, metodi va vositalari.
Mavzuning ijodiy yangiligi. YOshlar turmush-tarzi, ularning dunyoqarashi doim yangilik va zamon bilan hamnafaslikda o‘zgarib boradi. Ulardagi shaxsiy fikrlar tarqoq bo‘lgani tufayli hayot bo‘sag‘asida ikkilanishlarga duch keladi.
Asarlarda kompozitsiya vujudga kelish jarayonida ijodkor tomonidan berilayotgan his-tuyg‘u va bilim aksi asosini milliylik to‘laqonliligicha yoritilishi kam ko‘zga tashlanadi. Buning natijasi istiqlolimiz yo‘lida ko‘p bo‘shliqlarni qoldirib ketishimizga olib keladi.
Asarning ijodiy yangiligi shundaki, “Non bozorida” kartinasi rassomlikning dastgohli rangtasvir turiga mansub bo‘lib, ushbu asarda bo‘lajak rassom-pedagogning o‘z ijod doirasidagi ta’limiy-ijodiy ishlarini namoyish qilish va o‘quvchilarga yaqqol ifoda etib berishdir. YAna shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu mavzu bo‘yicha rassomlik yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari ta’lim jarayonini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishini yangiligini belgilaydi.

Yüklə 115,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin