O‘zbekiston badiiy akademiyasi


Dastgohli rangtasvirda yaratilgan “Non bozorida” mavzusidagi asarning kopozitsion echimi



Yüklə 115,29 Kb.
səhifə9/12
tarix03.12.2022
ölçüsü115,29 Kb.
#120405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
non bozori asosida kompozitsiya ishlash

2.3. Dastgohli rangtasvirda yaratilgan “Non bozorida” mavzusidagi asarning kopozitsion echimi

Ma’lumki, san’at asarlarini, u qaysi janrda bo‘lishidan kat’i nazar, idrok etish, tushunish va o‘qish tafakkur orqali amalga oshadi. O‘quvchi asarni to‘g‘ri tushunish uchun bor kuchi bilan uni yaratish jarayonida muallif tuygan xislarni o‘z ko‘nglidan o‘tkazib, tasavvurida jonlantirishi kerak. Buyuk so‘z ustalari, mo‘yqalam sohiblari o‘z asarlari kalitini hech qachon osongina berib qo‘ymaydilar. Bu qulfni har kim o‘zicha ochadi. Bu kalit san’atkor va oddiy inson emotsional - obrazli qarashlari mosligida, hamoxangligidadir.


rassomlikda yaratilgan “Non bozorida” mavzusi ko‘p qirrali tushuncha. Ushbu asarning tarkibi murakkab bo‘lgan butunlikdan iborat. “Non bozorida” mavzusi ham jamiyat, ham ijodkor uchun bir xil manfaatli bo‘lgan hayotiy ko‘rinishda ifodalangan.
Har bir asar boshlashdan avval uning kompozitsion echimini topish uchun bir necha qoralama eskizlarini bajarish maqsadga muvofiq. Bu tayyorgarchilik yaratilayotgan tasviriy san’at asarining kompozitsiyasini tanlashda, nisbatlar va rang echimlarining to‘g‘ri topishida yordam beradi. Ushbu asarning har bir detali ishlab chiqilib, ular umumlashtirildi, xarakterli joylari belgilandi hamda ortiqcha narsalardan voz kechildi. Bu bosqichda umumiylik, yaxlitlik, va uyg‘unlik ustida ish olib borildi. Baddiy asarni ishlashda detallar qanday ashyo va xajmda yaratilishi aniqlab olindi. Bu asarni yanada yorqinroq ifodalash imkonini beradi. Asarda berilgan ranglar echimi, xarakter topilganligi, qiyofalarning shakllari va ko‘rinishlari o‘z aksini topilganligi diqqatga sazovor.
O‘zbekiston xalq rassomi, professor Malik Nabiev mashxur Amir Temur portretini yaratishda "Qiyofa ilmi"dan xabardor bo‘lgani juda qo‘l kelganligi xaqida shunday deydi:
"...portret chizish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bu sohada ishlaydigan ijodkor-rassom, avvalo, arxeologiya, tarix, anatomiya (odamning gavda tuzilishi) va qiyofa ilmi (fiziognomika) fanlarini chuqur bilishi kerak. Masalan, mening o‘zim plastik anatomiyani o‘rganish uchun ToshMIga to‘rt yil qatnaganman. Parijda o‘qib kelgan Matveev degan o‘qituvchimiz bo‘lardi. O‘ta zukko, bilimli va tajribali edi. Kabinetida yuzdan ortiq millatning kalla suyaklari terib qo‘yilgan bo‘lib, men u erda haftalab qolib ketardim. Qosh suyagi erkaklarda burtib chiqishi, ayollarda tekis bo‘lishini o‘shanda o‘rganganman3.
Rassom, - deydi M.Nabiev, - o‘zining fantaziyasisiz asar yarata olmaydi. Ulug‘vorligi va salobatini yanada bo‘rttirish maqsadida elkasini kengroq, bo‘ynini yo‘g‘onroq oldim, burun kataklarini kengaytirdim, boshini yuqoriroq ko‘tardim. CHunki, kallaning engashgani mag‘lublikka ishoradir. Asar tayyor bo‘lgach, yuz-ko‘z ajinlari ko‘proq bo‘lib qolibdi,- degan fikrlar ham bildirildi. Menimcha, ajinlar ulug‘vorlikdan darak beradi. Qiyofasida o‘ychanlik ko‘payib ketsa, u olimga o‘xshab qolardi. SHuning uchun davlat raxbariga kerak bo‘lgan jamiki narsalarni uyg‘unlashtirishga harakat qildim. Xullas, 27 ta davlat ustidan g‘alaba qilgan sarkarda portreti ham tengi yo‘q ulug‘vor bo‘lishi kerakda".1
Inson qiyofasidagi dinamik holatlarning eng harakterlisi kulgi va yig‘idir. "L.N.Tolstoy o‘z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig‘lagan paytda odamning qoshi va og‘zi har xil qiyofada o‘zgaradi",- degan edi Leonardo da Vinchi.
Har bir inson dinamik holatida ichki dunyosini, ya’ni harakterini umuman o‘zgartirishi mumkin. Insonning turli emotsional holatlari, chunonchi badanning xilma-xil ifodali harakatlari, imo-ishoralar, xususan, ko‘z bilan qilinadigan imolar, tovushning oxangi, xo‘mrayish, salgina jilmayib kulish, elka qisish va boshqa ifodali harakatlar uning maqsadi hamda kimligini ochib beradi.
Dunyoda ma’nosiz so‘z bo‘lmaganidek, ma’nosiz asar ham yo‘q. SHu nuqtai nazardan so‘z yuritilayotgan ushbu “Non bozorida” kompozitsion asarini tahlil etishga urinib ko‘raylik-chi!
Ushbu asarni yaratishda tasviriy san’atning dastgohli rangtasvir asarlari uchun maxsus xom-ashyo – moyo bo‘yoq va xolst (mato)dan foydalanildi. Asar hajmi jihatdan ham, ko‘rinishi jihatidan ham har qanday inson diqqatini tortadigan, bahri-dilini ochadigan maishiyhayotning turmush tarzi ifodalanganki, uni kerak joylarga, masalan, ko‘rgazmali zallarda, faolar zalida, oshxona devorlariga osish mumkin.

Yüklə 115,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin