O‘zbekiston badiiy akademiyasi



Yüklə 115,29 Kb.
səhifə2/12
tarix03.12.2022
ölçüsü115,29 Kb.
#120405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
non bozori asosida kompozitsiya ishlash

Mavzuning dolzarbligi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muommolarni xal etish ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim tarbiyaning mohiyati mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muommolaridir. «Kadrlar tayyorlash milliy darsturi» «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tarbiyani, ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining estetik tarbiyasi badiiy-ijodiy mehnat malakalarini, estetik tasavvurlarining shakllanishini va o‘quvchilar badiiy ijodkorligining tasviriy san’at mashg‘ulotlarida maishiy janr asosida rivojlanishini ko‘zda to‘tadi. Ana shunday milliy uyg‘onish davrida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov mustaqillik bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yoshlar ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alohida e’tibor berdi. Zotan, takomil ma’naviy madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyatlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarmasdan turib, yangi jamiyatni, yangi ijtiomiy – tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bo‘ldi.
YUqorida zikr etilgan fikrlardan shuni ta’kidlash mumkinki, buyuk davlatning bugungi istiqbolini madaniyat va ma’naviyat haqida guvohlik beruvchi san’at asarlarisiz tasavvur etish qiyin. Binobarin, Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» kitobida to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek: «Biron bir jamiyat ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»2. Demak, san’at asarlari qatorida rassomlik kollejlarining maxsus fanidan yaratilgan “Non bozorida” mavzusidagi kompozitsion asar o‘zining ma’naviy jihati bilan insonlar ongiga ma’naviy tushunchalar bilan boyitishga, madaniy-maishiy jihati bilan estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, tarixiylik jihatidan o‘zligimizni anglashga, milliy va umuminsoniy sifat va qadriyatlarimizni tiklashga xizmat qiladigan tasviriy manba ekan, ulardan xalqimizning turmush-tarzini yanada ko‘tarishda samarali foydalanish mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarb vazifasidir.

Yüklə 115,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin