O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida manaviyat masalalari


Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə2/7
tarix04.01.2022
ölçüsü34,04 Kb.
#113675
1   2   3   4   5   6   7
I.Karimovning Madaniyat asarlari haqida

Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli o‘lkalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo‘ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma’naviyatsiz, mustaqil o‘y-fikrsiz “kommunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo‘lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi. Va, aytish mumkinki, ushbu manfur niyatlar ancha-muncha amalga oshib ulgurdi, ya’ni, XX asrning 70-yillariga kelib «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prezident I.A. Karimov bu haqda shunday fikr bildirgan edi: “Bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Darhaqiqat, o‘sha davrda xalq ongiga “markscha-lenincha” totalitar mafkurani singdirish, uning barcha faoliyatini markaz izmiga so‘zsiz bo‘ysundirish ishonib topshirilgan aksariyat rahbarlar va ijtimoiy fan vakillari ayni shunday manqurtlarga tamomila aylanib bo‘lgan edi.


Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin