O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
MAVZU: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi.
BAJARDI: ________________________________
TEKSHIRDI: ______________________________
MAVZU: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi.
Reja:
Bozor iqtisodiyotining mazmuni.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari.
Bozor va uning tuzilishi.
Xulosa.
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng oradan ko’p o’tmasdan O’zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish axoli o’rtasida yanada ko’proq targ’ib qilish, sog’lom turmush tarzini barpo etish maqsadida 14.01.1992 yili «Jismoniy tarbiya va sport» to’g’risidagi qonuni qabul qilindi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning jonkuyarligi sportning moxiyatini to’g’ri tushunib uni aholining barcha qatlamlariga targ’ib qilish kerakligi siyosatimizning ustuvor vazifalirdan biri ekanligini aytib, shunday so’zlarni misol keltirib o’tgan edi: «Hech bir narsa mamlakatni dunyoga sport kabi tez mashhur qila olmaydi». Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, bir-biriga chin yurakdan salomatlik tilashgan. Bugungi kunda yoshlarni o’zini salomatligi to’g’risida o’zi g’amxo’rlik qilishi, yoshlikdan jismoniy tarbiya va sport ko’magida jismoniy kamolatga erishish g’oyalarni singdirish kerak.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlatimizning siyosati darajasiga ko’tarildi. Buning yorqin misoli sifatida mustaqillikka erishganimizdan so’ng jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda chiqarilgan qonun, farmon va qarorlar soni yigirmadan oshib ketdi, bularning ba’zilarini sanab o’tsak.
Mustaqilikga erishganimizga 5 oy to’lmasdan mamlakatimizda 1992 yili 14 - yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 28 moddadan iborat edi. Shuni e’tirof etish kerak-ki, hali jahon mamlakatlari orasida hyech bir davlatda jismoniy tarbiya va sport to’g’risida qonun ishlab chiqilmagan edi. Buni birinchi bo’lib mamlakatimizda yo’lga qo’yilgan. Shu yilning o’zida 21 yanvar kuni Milliy Olimpiya qo’mitasi tuzildi va 27 may kuni Halqaro Olimpiya qo’mitasi tarkibiga rasmiy a’zosi etib qabul qilindi.
1993 yil 18-martda Vazirlar Mahkamasining «Futbolning ommaviyligini rivojlantirish to’g’risida»gi qarori e’lon qilindi.
1993 yil Respublika Prezidenti I.A.Karimovning «Sog’lom avlod uchun» farmoni e’lon qilindi va shu yili 4 mart kuni «Sog’lom avlod» ordenini ta’sis etish to’g’risida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqarildi.
1996 yil 13-martda «O’zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
1994 yil Toshkentda O’zbekiston Respublikasida tennis bo’yicha «Prezident kubogi» tashkil etildi.
1997 yili «O’zbekistonda tennisni rivojlantirish to’g’risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
1997 yil 29 avgustda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi va bu 5 bo’lim, 58 moddadan iborat edi.
1998 yil sentyabr oyida birinchi marotaba O’zbek kurashi bo’yicha Toshkent shahrida birinchi jahon chempionati o’tkazildi.
1999 yil «O’zbek kurashini ommaviylashtirish» to’g’risida Prezident farmoni e’lon qilindi.
1999 yil 1 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Halqaro kurash assosiasiyasini qo’llab quvvatlash to’g’risida»gi farmoni e’lon qilindi.
1999 yil 27 mayda Vazirlar Mahkamasining 271-sonli «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qaror chiqarildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 martdagi 271-sonli qaroriga asosan 1999 yil 24 dekabrda «Alpomish» va «Barchinoy» kriteriyalari ishlab chiqildi va buni 2000 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritish va amalda tadbiq qilina boshlandi va bu hozirgi kunda ham to’liq qo’llanilmoqda.
2000 yil 15 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sog’lom avlod» davlat dasturi to’g’risidagi qarori chiqdi.
2000 yil 26 mayda Oliy Kengash yangi taxrirda «Jismoniy tarbiya va sport» to’g’risidagi qonuni ishlab chiqildi va buni 2 chi chaqiriq, 2 chi sessiyasida qabul qildi.
2000 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentning O’zbekistonda «Uch bosqichli» musobaqa tizimini joriy yetish to’g’risidagi farmoni ye’lon qilindi.
2002 yili 24 oktyabrda O’zbekiston Respublika Prezidentining Farmoni «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmoni ye’lon qilindi va 2002 yili 31- oktyabrda Vazrlar Mahkamasining 374-sonli qarori. «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» to’g’risidagi qarori e’lon qilindi
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga, tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga, manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan.
Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. U erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib turiluvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:
Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;
Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
Raqobat kurashuvining mavjudligi;
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgilaridan biri iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakillari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tumanligi. Bunda turli shakllardagi mulklar erkin yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi.
Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi.
Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bu tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizim hosil etadi. Insoniyat tajribasi ko’rsatganidek, hozircha faqat shunday munosabatlar zaminidagina iqtisodiy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish to’kinchilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo’llash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday raqobat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiyotini evalyusion o’zgarishlar qilish orqali klassik bozor iqtisodiyotidan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o’ta boshladilar. Nazariy jihatdan klassik model bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lishi mumkin.
Klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyati bilan ajralib turadi:
Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.
Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.
Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi.
Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining qulayligi.
Monopoliyalar yo’q, bozorda faoliyatga davlat aralashmasligi.
Yakka (individual) xususiy mulkning hukmron bo’lishi.
Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga olib kelishi.
Bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon ko’rinishining asosiy belgilari.
Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi.
Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish.
Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin.
Resurslarni taq’simlashning samaradorligi.
Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi.
Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Erkin faoliyat yuritish shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikni o’stiradi.
Bozor iqtisodiyotining ya’na bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalikni xonavayron qilishga olib keladi. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos kamchiliklari yoki zaif tomonlari bo’lib, ular faoliyat davomida amaliyotga ta’sir qiladi. Avvalo, bozor iqtisodiyoti ko’pchilikdan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan iborat bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) xos. Jumladan u tabiatni muhofaza etish (ekologik muvozanatni ta’minlash)ni yuzaga chiqarmaydi. U jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi kam bo’lgan katta mablag’lar talab qiladigan inshoatlar va binolarning qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim bo’lgan nazariy izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanmaydi, unga skilli ravishda rivojlanish, iqtisodiy inqiroz kabilar xos. Jahon miqyosidagi inqiroz va notekis iqtisodiy rivojlanish har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qanchalik rivojlangan bo’lmasin, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishlarning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanmasligi mavjudligi yuz berishi mumkin. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalar muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. XXI asrning eng muhim iqtisodiy inqirozlaridan biri 2008-yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo’lib, u ko’p mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatdi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti bu — bozor iqtisodiyotidir. U yer yuzidagi turli mamlakatlarda Џar xil darajada, o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti deganda, eng avvalo diqqat-e'tiborimizni qaratadigan tushuncha bu — bozor tushunchasidir. Chunki bozor iqtisodiyotining markazida tabiiy bozor turibdi. Xo’p, bozor o’zi nima?
Bozor, eng avvalo sotuvchi va xaridorlarning uchrashadigan joyi sifatida vujudga kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabilalar o’zlarining ortiqcha mahsulotlarini ayirboshlaydigan bo’lganlar. Buning uchun ma'lum joy va vaqt belgilangan. hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning vujudga kelishi tufayli oldi-sotdi qilish uchun maxsus joy, maydonlar ajratilgan. hozir ham xalq orasida bozor deganda oldi-sotdi qilinadigan maxsus maydon, joy tushuniladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi pulning vujudga kelishi natijasida oldi-sotdi bir vaqtda hamda bir joyda yuz bermasligi mumkin bo’-lib qoladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tufayli savdo bilan shug`ullanuvchilar ajralib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiќarishning yangi tarkibi — muomala sferasi vujudga keladi. Natijada bozorni faqat oldi-sotdi qilinadigan joy deb ta'riflash reallikni yetarli darajada ifodalay olmaydi. Endi bozorni yangicha ayirboshlash aloqasi, munosabati sifatida ham tushuniladigan bo’ldi. Iqtisodiyot nazariyasida bozor deganda aynan ana shu ayirboshlash munosabati tushuniladi.
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Аmmo, u har qanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Аgarda ayirboshlash jarayonida pul ishtirok etmasa, bir tovar boshqasiga to’g`ridan-to’g`ri almashganda bozor munosabatlari yuzaga kelmaydi. Bozorning eng muhim sharti ayirboshlash jarayonida pulning vositachilik qilishidir. Bunda tovar
muomalasi yuz berib, u ikki jarayonni birgalikda borishini ta'minlaydi. Bunda o’z-o’zidan tovar — pul (T—P), pul — tovar (P—T) munosabatlari yuzaga keladi. Shu ikki munosabatda tovarni taklif etuvchi sotuvchi va talab ќiluvchi xaridor ishtirok etishi shart. Bozor bu — sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o’zaro aloqasidir.
Sotuvchilar bilan xaridorlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bozorni keltirib chiqarar ekan, bozor ularni birlashtiruvchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi. Bu mexanizmda talab va taklif uchrashadi. Аgar biz talabni — xaridor tomonidan bo’ladi desak, taklif ishlab chiqaruvchi va sotuvchi qo’lida bo’ladi.
Bozor sub'ektlari o’z manfaatlarini ko’zlab ish yuritar ekan, ularning xatti-harakatini muvofiqlashtiradi. Shu orqali ularning manfaati amalga oshadi. Bozor aloqalari narx-navo asosiga o’rnatiladi. Narxda asosan oldi-sotdi amalga oshadi va rasmiylashtiriladi.
Bozorda hamma teng huquqli. Bozor deganda yoshligimizdan bilamizki, u oldi-sotdi qilinadigan joy. Xaridor bilan sotuvchi uchrashib, har ikkisi ham o’z manfaatini amalga oshiradi, ya'ni biri sotadi, ikkinchisi oladi. Mana shu ayirboshlash maxsus joy bozorda amalga oshadi. hozirgi zamon taraqqiyot darajasi, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlanishi oldi-sotdini nafaqat maxsus joy, balki telefon, telegraf, faks, Internet tarmog`i orqali orqali ham amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. hozirgi zamon bozori kecha-kunduz ishlab, ayirboshlash munosabatlari ro’y beradi.
Shu bilan birga ayirboshlash jarayonini qanday tarzda amalga oshirilishini yozilgan va yozilmagan, ya'ni maxsus belgilangan va belgilanmagan qonun-qoida tusini olgan mezonlari mavjudki, u ham bozor tushunchasiga kiradi.
Jumladan, sotuvchi va xaridorni o’zini tutishi, fe'l-atvori, sotuvchi narxi (haddan tashqari yuqori narx qo’ymaslik), xaridor narxi (haddan tashqari tovarni yerga urmaslik) va boshqalar. Shunday qilib, bozor bu:
1. Sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi ayirboshlash, oldi-sotdi munosabati.
2. Аyirboshlash, oldi-sotdi, ya'ni savdo amalga oshiriladigan joy.
3. Аyirboshlash jarayonida oldi-sotdini amalga oshirishda xaridor va sotuvchining o’zini tutishi qonun-qoidalari,tartibotlari tizimini ifodalaydi.
Bozor iqtisodiyoti deganda esa faoliyat yuritish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning bog`lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi tushuniladi.
Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub'ektlari bo’ladi. Ular jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar vakolatini olganlar bo’lib, alohida kishidan tortib to ayrim olingan davlatlargacha bo’lishi mumkin.
Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob'ektlari bo’ladi. Bozor ob'ektining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. hozirgi payt-da rivojlangan mamlakatlarda 25 mingdan ortiq tovar va xizmatlar turi mavjud.
Bozor aloqalari bevosita va bilvosita amalga oshadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste'molchi yoki xaridorning o’zi bilan to’g`ridan-to’g`ri oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bunga asosan kichik korxona va firmalarni misol qilib olish mumkin. Chunki, ular yetishtirgan mahsulot kam, tor doirada bo’lganligi uchun ham hech qanday vositasiz bozorda o’z tovarlarini sotishi mumkin. Yana shunday munosabatlar borki, biz uni bilvosita bozor aloqasi deb belgilaymiz. O’z-o’zidan ko’rinadiki, u aloqada sotuvchi bilan xaridor va ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi o’rtasida munosabatni tezlashtirish —yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish maqsadida vositachi ahli maydonga keladi-da, ularning mushkulini osonlashtiradi. U qanday amalga oshadi? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Аgarda men katta bir firma yoki ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi bo’lsam men uchun o’sha yetishtirgan mahsulotimni o’zim sotgandan ko’ra o’rtadagi vositachilarga arzonroq narxda sotganim afzal. Chunki, men tovarlarni qanchalik tez sotsam, undan tushgan pulni ishlab chiqarishga tezroq sarflab, yanada ko’proq foyda olishimni ko’zda tutgan bo’laman. Аgar jahon tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, rivojlangan mamlakatlarning bozorida bilvosita bozor aloqalari ustundir. Chunki, bozor rivojlangan sari uning sir-asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyasini o’tkazish maxsus tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. Bu ishlarni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotiq agentlari, broker, makler va dilerlar kabi vositachilar o’z zimmasiga oladi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilarning vaqtlarini tejab, tovarni ishlab chiќaruvchidan iste'molchigacha bo’lgan harakatini tezlashtiradi.
Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi muhim ko’rsatkich, chunki u bozorda tovarni sotilish miqdori bo’lib har bir tovarning narxiga bog`liq bo’ladi. Bozor Џajmi nafaqat ishlab chiqarish miqyosiga, balki uning ixtisoslashuviga ham bog`liq. Ixtisoslashuv qanchalik chuqurlashsa mahsulotlarning tovarlik darajasi shunchalik oshadi, shunchalik ko’p tovarni bozorda ayirboshlash zarurati kelib chiqadi. 1996 yilda АQShning ichki bozor hajmi 7,4 trln dollarlik tovar muomalasi bilan ifodalangandi. Odatda, bozor hajmi yalpi milliy mahsulot hajmiga nisbatan to’g`ri proportsional o’zgaradi.
Bozorning hajmi qay darajadaligini tovar oboroti ko’rsatadi. U avvalo tovarlar va xizmatlar hajmiga bo`g`liq.
Ub=(Um+Ui)–Ue
Ub — bozordagi tovarlar va xizmatlar Џajmi. (Ular o’z navbati bilan tovar miќdori va narxiga boƒliќ.)
Um — mamlakatda ishlab chiќarilgan tovar va xizmatlar hajmi.
Ui — chetdan keltirilgan tovarlar hajmi.
Ue — chetga chiќarilgan tovarlar hajmi.
Bundan tashqari, tovar oboroti hajmi, tovarlar va xizmatlarni sotish vaќtiga ham bog`liq.
Bozorning mohiyati, ahamiyati, uning iqtisodiy munosabatlar tizimida bajaradigan vazifalarida to’laroq namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:
1. Vositachilik qilish. Аyirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste'mol bog`lanadi. Ma'lumki, tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib iste'mol bilan tugallanadi. Shu harakatning sekin va tez borishi bozorga bog`liq. Shuni bilamizki, pirovard maqsad tovarni iste'mol etish. Ehtiyoj bozorga talab shaklida chiqadi va tovarni pulga ayirboshlash orqali qondiriladi. Chunki, tovar ishlab chiqarishdan so’ng mahsulotlar bozordan o’tmay turib to’g`ridan-to’g`ri iste'molchiga kelib tushmaydi.
XULOSA Ishlab chiqarish vositalarini korxona va firmalarga yetkazib berish orqali ishlab chiqarish moddiy asosi qayta takror yaratiladi va rivojlantiriladi.
Tovar ishlab chiќarish va xizmatlar ko’rsatishga ketgan sarflar naќadar o’rinli ekanligini aniќlaydi (xaridor tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi) va xarajatlarni pasaytirishga undaydi.
Xalqaro mehnat taqsimoti taqozo etgan iqtisodiy aloqalarni o’rnatish vositasi bo’lib xizmat qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ta'sir ko’rsatadi.Bozor ishlab chiqaruvchi va iste'molchini bog`lab, baho (foyda, zarar) yordamida iqtisodiyotni asosiy muammosi: nima? qanday va qancha? kimga? masalasini yechadi.
2. Narx belgilash. Bozorda talab va taklif nisbatiga ko’ra muvozanat narxi shakllanadi (VII bob).
3. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozordagi talab va takliflarning nisbati, elastikligi darajasiga ko’ra bozorda narx o’zgarishi orќali talab va taklif bir-biriga moslashtiriladi. Unga muvofiќ ravishda barcha resurslar mikro miќyosdan, ya'ni firma korxonalardan tortib makro miќyos — mamlakat miќyosigacha taќsimlanadi. Bozor yordamida iќtisodiyotdagi asosiy nisbatlar belgilanadi.
4. Nazorat ќilish. Ishlab chiќarilgan tovarlar (xizmatlar) na-ќadar sifatli, iste'molchi talabiga javob bera olishini bozor aniќlaydi. Tovar ishlab chiќarish uchun sarflangan xarajatlarni Џam nazorat ќilishda bozorning oldiga tushadigani yo’ќ.
5. Raƒbatlantirish. Bozor talab va taklif nisbati asosida belgilanadigan narxlar orќali taќchil, yaxshi... sifatli tovar ishlab chiќarishni raƒbatlantiradi, aksincha serob, yomon... sifatsiz yoki ortiќcha xarajat ќilib tayyorlangan tovarlarni kasodga uchratib, ularni ishlab chiќarishni keskin kamaytiradi yoki to’xtatadi.
6. Аxborot berish. qanday tovarni ishlab chiќarish zarurligi bozorda namoyon bo’ladi. U narx va talab elastikligida ifodalanadi Џamda ular ishlab chiќaruvchilarga yetkaziladi.
7. Bozor sub'ektlarining manfaatlarini realizatsiya qilish ham aynan bozor orqali amalga oshiriladi. U ќanday darajada amalga oshishiga ko’ra ishlab chiќaruvchilar, sotuvchilar tabaќalanishi yuz beradi.
8. Bozor resurslarni tejashga, iqtisod qilishga undaydi. Bozor ќilingan xarajatlarni naќadar o’rinli ekanligini aniќlaydi. Ќilingan xarajatlarni ќoplash zarurati Џarakatlarni pasaytirishga undaydi. Shuning uchun yangi texnika-texnologiyani ќo’llaydi. MeЏnatni tashkil etishning yangi samarali usullarini ќidiradi. Xullas xarajatlarni kamaytirishni yangi yo’llarini topishga Џarakat ќiladi.
Bozorning vazifalari Џammasi bir-biri bilan uzviy boƒliќ Џamda birgalikda amal ќiladi
Foydalanilgan adabiyotlat:
Aimp.uz
Lex.uz
Google.uz
Dostları ilə paylaş: |