O`zbekiston davlatchiligi tarixi


Partiyaning yuqori doiralarida milliy masala bo’yicha o’tkir munozara avj olib



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022


Partiyaning yuqori doiralarida milliy masala bo’yicha o’tkir munozara avj olib
ketdi. (1921-1922 y). 1922 yilning dekabr’ oyida SSSR tashkil topganligi tantanali


126
ravishda e’lon qilindi. Bu sotsialistik davlatchilikning o`zil-kesil tugallangan shaklini
mujassam etivchi Sovet Ittifoqi avvalboshdanoq, milliy respublikalarning
yo’lboshchilari umid qilganlaridek suveren davlatlar hamdo’stligi sifatida emas, balki
rasmiy federasiyaning sub’ektlari mustaqillikni barcha tashqi ramzlariga (o’z
konstitutsiyasiga, bayrog’i va madhiyasi)ga ega bo’lgani holda amaldagi suveren
huquqlardan mahrum va uning tarkibidan chiqa olmaydigan qudratli davlat sifatida
dunyoga keldi.
Ittifoqda respublikalar xususan O’zbekistonning sovet davri tarixi juda o’xshash
bo’lib, salbiy, fojiaviy voqealarga ham, shuningdek,ijobiy rivojlanish faktlariga ham
boydir.
Oktyabrdan so’ngi dastlabki yillar sovet sotsialistik davlatchiligining faol tarzda
zo’rlab tiqishtirishi davri bo’ldi. Milliy davlat o’z taqdirini o’zi hal etishdan iborat
qonuniy huquqidan mahrum qilinganligi Turkiston jamiyati turli qatlamlarini
noroziligiga sabab bo’ldi.
Xalqimizning mustaqil davlatchiligi mustaqillikni qo’lga kiritish orqali vujudga keldi
17-mavzu.Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki
tajribasi.
Reja
1. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi.
2. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi
3. Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tugatilishi
Tayanch so‘z va iboralar.
Sho‘roi Islomiya, Sho‘roi Ulamo, Muvaqqat hukumat,
Turkiston komiteti, qurultoy, Xalq Komissarlari Soveti, markaziy hokimiyat,
Turkiston muxtoriyati, Milliy majlis, Turkiston o‘lka musulmonlar sho‘rosi
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob g‘alaba qozonib, Rossiya
imperatori Nikolay II taxtdan ag‘darib tashlandi. Bu inqilob Turkiston o‘lkasiga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom ulamolarining
tashabbuslari bilan 1917 yil martida “SHo‘roi Islomiya”, 1917 yil iyunida “ SHo‘roi
Ulamo”, 1917 yil iyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk federalistlari partiyasi”),
1917 yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy partiyalar tuzildi.
1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan N.N.
SHchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti tuzildi. Ammo, 1917
yilning aprel va sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan Butunturkiston musulmonlarining I va
II qurultoylari Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g‘oyasini ilgari surib, hokimiyatni
ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. 1917 yil 20


127
sentyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining
qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumini belgilash edi.
O‘sha davrdagi manba tili bilan aytganda “Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin
etishga jazm qildi”. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan
nomni quyib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining
bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi.
1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab,
hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan
qurolli to‘qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasini
qamoqqa olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o‘lkadagi butun hokimiyatni
qo‘lga olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga
qat’iy norozilik bildirdilar.
1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan shahar o‘z-o‘zini
boshqarish tashkilotlarining Turkiston o‘lka s’ezdi qatnashchilari hokimiyatni
to‘laligicha bolsheviklar qo‘liga o‘tishiga keskin qarshilik ko‘rsatishdi.
S’ezd
hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyusiyani qabul qildi: “ Turkistonda
hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo‘liga o‘tishi bilan hokimiyat
masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi:
1.Rossiya inqilobi ko‘targan xalqning ozodligi, tengligi, do‘stligi shiorlari ostida
Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon aholisi milliy-
madaniy o‘z-o‘zini boshqarishning barcha huquqlariga ega;
2.Musulmonlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga
bo‘lgan qiziqishi Qur’on va SHariat qonunlaridan o‘zgacha bo‘lishi mumkin emas.
Musulmonlar inqilob natijasida qo‘lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan
Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko‘rsatishi va ularning
Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin