O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-mavzu.G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

9-mavzu.G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi.
Reja
1. G`aznaviylar davlatining tashkil topishiva boshqaruv tartibi
2. Saljuqiylar davlatchilgi
Tayanch so‘z va iboralar.
G‘aznaviylar, tuxsi qabilasi, Sayf ud-davla, qiniq
urug‘i, Saljuqiylar
G’aznaviylar – G’azna shahrining Xurosonning siyosiy markazga aylanishi X
asrning II yarmiga to’g’ri keladi. G’aznaviylar davlatining hududi Shimoliy Hindiston
sar’adlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg’oqlarigacha cho’zilgan hamda hozirgi
Afg’oniston va shimoliy Sharq iy Eronni o’z ichiga olgan edi.
G’aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo’lib, bu davlat uning o’g’lm
Ma’mud G’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi.
O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’l hukmdor bo’lgan Ma’mud
G’aznaviy 1030 yilda vafot etadi. So’ng taxtga uning o’g’li Ma’sud (1030-1041y)
egallaydi. U qo’shnisi bo’lgan saljuqiylar va boshqa davlat bilan ko’p bor janglar olib
bordi. 1040 yilda Dandikon degan joyda Saljuqiylar bilan G’aznaviy Mas’ud
o’rtasidagi jangda yengildi va vafot etdi. Uning vorislari esa G’aznaviylar davlatini
avvalgi qudratini tiklay olmadilar.
1059 yilda G’aznaviylar uchun muhim strategik ahamiyatga molik –Balx
shahrining Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylar davlatini tugatilishiga olib keldi.
G’aznaviylar davri boshqaruv tizimi o’zining murakkabligi bilan diqqatni jalb
etadi. U ko’p jihatdan Somoniylar, Qoraxoniylar zamonidagi davlat boshgqaruvi
tizimlariga yaqin va o’xshash.
Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan.
Dargoh-oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar «amir » unvoniga ega bo’lganlar) hayoti
va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan.
Ular orasida «hojiblik» xizmati alohida e’tiborga loyiq.
Manbalarda, hojiblarning quyidagi shakllari keltiriladi: 1) Ulug’ hojib, 2) Saroy
hojibi; 3) Hojib jamoalar.
Ulug’ hojib, nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat
hayotida alohida mavqega ega bo’lgan. Bordiyu hukmdor vafot etsa, ulug’ hojib
boshqaruvni o’z qo’liga olish huquqiga ega bo’lgan. Mamlakat taqdiri hal bo’layotgan


60
janglarda ulug’ hojibga qo’shinning eng salioqli va mas’ulyatli qismiga boshchilik
qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipo’solor
o’ng qanotga, ulug’ hojib esa chap qanotga qo’mondonlik qilgan.O’ta jiddiy harbiy
yurishlar maxsus saralangan qismlarni tekshirish, ta’minotini joyiga qo’yish
tadbirlarida ham faol bo’lgan.
Hojiblar odatda qora chakmon va ikki uchli kulo’ kiyib yurganlar.
Dargoh faoliyatida sipo’lar (Saroy xizmatchisi)
Da’vatdor (oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv chizuv ishlari bilan bog’lib
ishlarga bosh-qosh xizmatchi).
Pardador (ma’ram, sir saqlovchi pinhona vazifalarini bajaruvchi).
Martabador (saroydagi o’rta darajadagi amaldor).
Farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan).
Xazinachi, jamxona (kiyim-kechak saqlovchi xona) boshlig’i kabi mansab va
xizmatchilarning ham o’z o’rni bo’lgan.
Devonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo’lganligi manbalarda ko’rsatilgan
bo’lib, bunday devonlardan beshtasini nomi tilga olinadi. 1) Vazir devoni, ya’ni bosh
vazir devoni; 2) Harbiy ishlar devoni; 3) Diplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar; 4)
Xujjatlarni rasmiylashtirish, to`zish devoni; 5) Hisob-kitob ya’ni moliya devoni; 6)
Pochta xabar devonlari.
Viloyat boshlig’ini voliy deganlar va uni oily hukmdor tayinlagan. Viloyat
ijroiya boshqaruvi ishlarini amid olib borgan.
Shahar boshlig’ini rais deb ataganlar.
Shahar miqyosida shihna, qutvol (qal’a nazoratchisi), sohibi devon (ma’muriy
boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko’rsatganlar.
Oliy qo’mondonlik hukmdorning o’z ixtiyorida bo’lgan. Bosh qo’mondonlikka (sipoh
solor) esa sulolaning eng ishonchli, asosan shu xonadon namoyondasi tayinlangan.
Mahmud bunday mansabga Muhammad Yusufni loyiq topgan.
Yuqori darajadagi harbiy lashkar boshilar solor, o’rta darajadagilar sar’ang deyilib,
oxirgilari xayllarga (bir necha o’n otliqlarga) boshchilik qilganlar.
G’aznaviylar tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e’tibor berish lozim.
1) Ularning mintaqa hududidagi munosabatlari, 2) Mintaqadan tashqaridagi xalqaro
aloqalardan iborat.
Ma’mud G’aznaviy ko’proq uzoqni ko’zlab ish qiladigan mintaqadagi umumiy
siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi edi. Ham hududiy, ham siyosiy-harbiy,
iqtisodiy jihatlardan qudratga ega bo’lgan. Qoraxoniylardan har tomonlama ustunlikka
ega edi.
G’aznaviylarning mintaqadan tashqaridagi ham usta siyosatchi sifatida ish tutdi.
Masalan, arab xalifaligi o’sha davrga kelib o’z qudratini yo’qotgan bo’lsada,


61
xalifalikni joyiga qo’yishga harakat qilganlar va o’ziga raqib orttirishni ortiqcha deb
bilaredi.
G’aznaviylarning mintaqa hayotida tutgan o’rni benihoya katta bo’lib, XI asr fan
va madaniyat shu darajada rivojlandiki, umusulmon dunyosida ko’zga ko’ringan va
tanilgan Mahmud G’aznaviy turk, fors, arab, pahlaviy tillarida she’r bitgan.
Shuningdek, 400 dan ortiq olimu fuzalolar g’aznaviylar davrida ijod qilib, jahonga
dovrug’ taratganlar. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham g’aznaviylar saroyida
ilm bilan shug’ullanib o’zining («Hindiston», «Geodeziya», «Xorazmning mashhur
kishilari», «Mas’ud qonun», «Minerologiya», «Saydana») asarlarini G’aznada yozgan.
Abulqosim Firdavsiy fors adabiyotining shoirlaridan bo’lgan. G’aznaviy saroyida
faoliyat ko’rsatgan. Farruhiy, Unsuriy, Utbiy, Gardiziy, Bay’aqiy, Nosir Xusrav
Dehlaviy kabi mashhur shoirlar tarixchilar, olimlar ijod qilganlar. U davrda qurilish
ishlariavj olgan, madrasalar, karvonsaroylar qurilgan. Ilm fan rivojlangan.
O‘z davlatini barpo etgan ko‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida Saljuqiylar
davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o‘g‘o‘z qavmining qiniq
urug‘i yoki qabilasidan chiqqan bo‘lib, hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududlariga
to‘g‘ri keluvchi Sirdaryoning o‘rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo‘yi
oqimlarida ko‘chib yuruvchi etnik guruhlar bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot
berishicha, bu sulolaning paydo bo‘lishi qiniq qabilasi vakili bo‘lgan Saljuq nomi bilan
bog‘liq bo‘lib, u X asrning o‘rtalarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usining xizmatida bo‘lib, yirik
harbiy unvon – «So‘boshi» unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy
«Saljuq So‘boshi» deya ma’lumot beradi.
X asrning 61-62-yillarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usi bilan kelisholmaslik tufayli
(musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib,
ularning bir qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta
qismi esa Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi cho‘llarda, Nurota tog‘lariga kelib
o‘rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o‘troqlashuv
jarayonlari kuchayib boradi.
XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va
Xorazmni butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik
Osiyoga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va
Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining
hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo‘ldi. Sulton Malikshoh
davrida Samarqand, Buxoro va markazi O‘zgand bo‘lgan Farg‘ona ham Saljuqiylar
davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari
o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan so‘ng 1118
yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq
bo‘ldi.


62
Buyuk Saljuqiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili bo‘lgan Sulton Sanjar
davrida davlatning poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. Sulton Sanjar
Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o‘tkaza
olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qo‘lga olishi bilanoq harbiy
yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron,
Xorazm, Seyiston, G‘azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi.
Manbalarning ma’lumot berishicha, Sulton Sanjar «Ulug‘ sulton», «Sultonlarning
sultoni», «SHahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug‘langan.
Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan
davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. SHuning uchun ham
markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun
kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalardagi
norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo‘lgan edi. Natijada
Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g‘arbiy Iroq qismida uning ta’siri
pasayib qoladi. Mamlakatning Sharq iy qismi – Eron, Afg‘oniston, Xorazm va
Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton
Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan
qo‘shinlari bilan qoraxitoylar o‘rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi
jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr
qo‘ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib ketdi.
Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz
ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib
oldi va 1142 yilda Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini
Xurosondan quvib chiqardi va Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga erishdi. Sulton
Sanjarning harakatlariga qaramay, Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini
yo‘qota boshlagan edi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon
viloyatlarida yashovchi G‘o‘z qabilalari berdi. 1153 yilda ular Sulton Sanjar
qo‘shinlarini tor-mor etib, uning o‘zini asir oldilar. G‘o‘zlar himoyasiz qolgan Marv va
Nishopur shaharlarni talon-taroj qilib, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda
asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va
bir yildan keyin vafot etdi.
A. Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi.
Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam
unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib,
tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, er-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga
tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar
faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga
boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan.


63
Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan.
Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso
(boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda
xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini
nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi
eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar
o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi
amaldor;
Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan
shug‘ullanuvchi amaldor;
Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni
saqlash bilan shug‘ullanuvchi amaldor;
Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;
Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari
oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor,
choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi
amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan.
Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga
bo‘lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu
xonadonga tegishli bo‘lgan mol-mulk, er-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-
kitobi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar qo‘yidagilar bo‘lgan:
Devoni tug‘ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy
yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga
rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar
yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi;
Devoni istifo (moliya devoni) – davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa
moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan. Bu
devonning xizmatchilari dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd
pulning hisobi, davlat qaramog‘ida bo‘lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa
miqdori kabilarni ham nazorat qilganlar;
Devoni ishrof (davlat nazorati) – moliya-soliq ishlarini nazorat qilish va
tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga
tegishli er-suvlar, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar,
bozor mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan
nazorat olib borgan;
Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot,
harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga


64
ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot,
harbiylar ko‘rigini tashkil etish kabi vazifalarini bajargan.
Saljuqiylar hokimiyatida, ayniqsa Sulton Sanjar hukmronligi davrida
hokimiyatda harbiy sarkardalar katta o‘rin egallaganlar. Harbiy boshliqlar va
sarkardalarning ko‘pchiligi turli urug‘ va qabilalardan (o‘g‘o‘z, turkman, xalaj, chig‘il
va boshq.) chiqqan kishilardan bo‘lgan. Harbiy sarkardalar tabaqasi o‘z ta’sirini Sulton
Sanjar boshqarayotgan hokimiyatga o‘tqazib, ularning ixtiyori bilan ish tutishni talab
qilganlar. Harbiy sarkardalarning mavqei Sulton Sanjarning Qatvan cho‘lidagi
mag‘lubiyatidan so‘ng yanada kuchayib ketgan edi.
Saljuqiylar davri mahalliy boshqaruv tizimida viloyat boshliqlari (voliylar) ham
o‘z devonlariga ega bo‘lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan va mansabidan
olgan. Voliylar butun viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga boshchilik
qilganlar. Moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliylar nazorati ostida
faoliyat ko‘rsatgan. Tumanlar va shaharlar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham
viloyatlarniki singari bo‘lgan.

Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin