O`zbekiston davlatchiligi tarixi


partiyasining I s’ezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu s’ezdda



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022


partiyasining I s’ezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu s’ezdda
ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston
Kompartiyasiga asos soldilar. S’ezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib,
uning tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jaev ham kiritildi. “Temir
qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi sinfiy xislatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston


134
kommunistlari Markaz bergan har qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari
natijasida Turkiston
o‘lkasining
Rossiyaga
siyosiy va iqtisodiy
qaramligi
mustahkam asoslarda shakllandi.
Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqo‘lodda s’ezdi 1918 yil 5-
14 oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan bo‘lsa-da, unda Turkiston
MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan Turkiston avtnoom Respublikasining
konstitutsiyasi muhokama etildi va tasdiqlandi. YAngi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
tuzumni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan ushbu konstitutsiya Turkistondagi
quyidagi Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: tashqi ishlar,
harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, pochta va
telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, millatlar ishlari, xalq
xo‘jaligi Markaziy kengashi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning
sovetlari
Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, Turkiston avtonom
Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Ettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand
viloyatlari mavjud bo‘lgan. S’ezdlar orasida viloyat (oblast)ijroya komiteti davlat
hokimiyat organi bo‘lib hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy komitetlar
(revkom) ham tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, kengashlarni tarqatib
yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari va ijroiya komitetlari
qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy ta’minot, xalq maorifi, moliya,
pochta va telegraf, er-suv, oziq-ovqat, davlat nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal
sovet kabi bo‘limlar ochilgan.
Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uezdlarga, volost, shahar, qishloq va ovullarga
bo‘lingan. Uezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijroiya komitetlari va bo‘limlariga
bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega bo‘lmagan.
Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada
sovetcha
asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu jarayonning
ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining markaziy federal
hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan rasmiylashtirilishi bo‘ldi. Zero,
Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-sining 7-bob, 30-§ ilovasida yozilishicha,
mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona,
savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat ixtiyorida
qoldirilgan edi.
Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi o‘lkaning
davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech bo‘lmaganda umumiy
tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy tillarda e’lon qilinmagan edi.
Ushbu hujjatda sovetlarga xos “o‘z taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy
aholining mustamlaka holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib
topgan tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy tomonli sharoitida ular har


135
qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-hududiy birlik
aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirilishi huquqidan foydalanish
imkoniyatiga
ega emas edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada
mustahkamlab qo‘yilgan “sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy
birlik edi.
1919 yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining Favqulodda VII
s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918 yil 10 avgustda (V o‘lka s’ezdida) Milliy ishlar
xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra,
Milliy ishlar xalq komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot va madaniy oqartuv
bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo, Turkiston hukumati a’zolaridan Kazakov,
Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy ishlar seksiyasini tarqatib
yuborishni so‘rab VII s’ezdga loyiha taqdim etdilar. Ular mazkur seksiyani
“millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida baholadilar.
SHunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni hisobga olgan
RKP (b) MK 1919 yil 3 iyulda “Hokimiyatga mutanosib vakillik to‘g‘risida” degan
qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu qarorda Turkiston mahalliy aholisining
Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin