О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanining maqsad va vazifalari. О‘zbekiston tabiati о‘zining betakror gо‘zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi



Yüklə 24,76 Kb.
tarix08.10.2022
ölçüsü24,76 Kb.
#118164
1-topshiriq


О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanining maqsad va vazifalari. О‘zbekiston tabiati о‘zining betakror gо‘zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning о‘simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Kо‘p о‘simliklar о‘zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bо‘lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qо‘llanib kelinmokda. О‘zbekiston foydali о‘simliklari fani — foydali о‘simlik turlari, foydali о‘simliklarning foydali xususiyatlariga kо‘ra guruhlarini о‘rganadi, tahlil qiladi. О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanining vazifasi foydali o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, foydali xususiyatlari va xalq xо‘jaligida qo‘llanilishi, inson hayotidagi roli va ahamiyati masalalarini о‘rganishdan iborat. О‘simliklar о‘z tarkibida kishi organizmiga qandaydir ta’sir kо‘rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Biologik faol moddalar о‘simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda tо‘planmaydi. Ba’zi о‘simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida tо‘planadi. Hozirgi paytda shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qо‘llanilib kelinmokda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor о‘simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. Meva, sabzavot-poliz va ziravor о‘simliklar kishi organizmini vitaminlar, uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol moddalar bilan ta’minlashda asosiy, ba’zan yagona manba. Sabzavot, mevalar, ayniqsa ziravor о‘simliklar me’da shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bо‘lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda almashinuviga katta ta’sir kо‘rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat о‘simlik mahsulotlari bilan ovqatlanib kun kо‘rish mumkin, degan xulosaga kelinsa tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Sababi о‘simlik mahsuloti qanchalik foydali bо‘lmasin, ularni kо‘pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina о‘simliklarning о‘zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan ta’minlay olmaydi. Faqat о‘simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bо‘lib, insonni sog‘lom bо‘lib о‘sishini ta’minlay oladi. Foydali о‘simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat о‘simlik mahsuloti bilan kiradigan biologik faol moddalar (vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar) yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib, ba’zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta’sir kо‘rsatadi. Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (ba’zan kо‘p miqdorda) bо‘lgani uchun sabzavot, meva va ziravor о‘simliklar me’da shirasini ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bо‘lishini yaxshilaydi. Ba’zi sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini kо‘p bо‘lgani sababli ular yurak kasalliklarida foydali bо‘lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va siydik yо‘llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig‘ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishiga kо‘maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bо‘ladi. Shuning uchun gipertoniya kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni kо‘p iste’mol qilish yaxshi. Ateroskleroz kasalligini kelib chiqish sabablaridan biri xolesterinni organizmdagi almashinuvini buzilishi va uni qon tomirlarining devorlarida о‘tirib qolishi. Vitamin S xolesterinni qondagi miqdorini kamaytirishda va ateroskleroz kasalligini taraqqiy qilishini tо‘xtatishda ma’lum ahamiyatga ega. Shuning uchun bu kasallikni oldini olishda vitamin S ga boy bо‘lgan sabzavot va mevalarni iste’mol qilish kо‘p foyda keltiradi. Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo shunday emas. Ular me’da shirasini ajralishini kо‘paytiradi. Shuning uchun pishirilmagan sabzavotlarni, kо‘pchilik meva va ziravor о‘simliklarni, ayniqsa nordon va achchiq meva va о‘simliklarni me’da-о‘n ikki barmoq ichak yara hamda me’da shirasida kislotalikni kо‘payishi bilan о‘tadigan gastrit kasalliklarini kuchaygan vaqtida iste’mol qilish tо‘g‘ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq ziravorlarni yana jigar, о‘t qopi va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib bо‘lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og‘riq zо‘rayadi va bemorni ahvoli og‘irlashadi. Bunday misollarni kо‘p keltirish mumkin. О‘zbekiston foydali о‘simliklari fani ham barcha sohalarda bо‘lganidek, boshqa O’zbekistonning foydali o’simliklari 3 fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о‘zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. О‘z navbatida О‘zbekiston foydali о‘simliklari fani ham о‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simliklar fiziologiyasi, о‘simliklar biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlarga erisha oladi. О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanining biologiya yо‘nalishi talabalariga о‘qitiladigan barcha fanlar bilan bog‘liqligi katta. О‘simliklar dunyosini bilish va yaxshi о‘rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur о‘zlashtirishning ahamiyati katta. Biologiya yо‘nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida о‘tiladigan botanika (о‘simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, о‘simliklar sistematikasi), kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanini о‘qitishga asos bо‘lsa, О‘zbekiston foydali о‘simliklari fanining о‘zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq xо‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan о‘simliklar va ulardan foydalanish usullari, о‘simliklarni sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish texnologiyasi tо‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Talabalar botanika fani orqali о‘simliklarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan о‘simliklarning kimyoviy tarkibi va kimyoviy tasnifini о‘rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini о‘qish jarayonida о‘simliklarni ekologiyasi, о‘simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofazaga muhtoj turlar haqida о‘rganadilar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘zlashtirish orqali dunyo florasiga oid turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet tilini mukammal о‘rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga mansub bо‘lgan qimmatbaho о‘simlik turlari haqidagi ilmiy manbalarni va ma’lumotlarni о‘zlari mustaqil holda chet tilida batafsil о‘qib о‘rgana oladilar va h. Ma’lumki har bir fanning о‘ziga xos metodlari — uslublari mavjud. О‘zbekiston foydali о‘simliklari fani esa nomlari yuqorida kо‘rsatilgan barcha fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Foydali о‘simliklarning о‘rganilish tarixi. Qadim-qadimdan insoniyat о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Foydali о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‘zaki tarqalgan. Davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar о‘rnatilgandan sо‘ng, ana shu davlatlarda foydali о‘simliklar turlari kо‘paya bordi. Yozuv paydo bо‘lganidan keyin foydali shifobaxsh о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi. Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor mahsulotlar qayd kilingan. Hatto о‘sha davrda Suriyada dorivor о‘simliklar ekiladigan maydonlar ham bо‘lgan. Misrda esa shifobaxsh о‘simliklar bundan ham ilgari ekila boshlangan. Masalan, eramizdan 2000 yil avval Misrda kanakunjut ekilgan. Hozirga qadar saqlanib qolgan dorivor о‘simliklar haqidagi ma’lumotlar asosan qadimiy yunon adabiyotlarida uchraydi. Yunonlar о‘zlarida yetishtiriladigan dorivor о‘simliklardan tashqari Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan. Mashhur vrachlar Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel) va ularning shogirdi Teofrast, Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati dunyoga yoyilgan. Buqrot (eramizdan avvalgi 460—377 yillar) bemorlarni parhez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan kitoblarda dorivor о‘simliklarning 236 turi ta’riflangan. Arastu va uning shogirdi Teofrast (eramizdan tо‘rt asr oldin) kо‘pgina о‘simlik turlarini ta’riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini ham kо‘rsatib о‘tishgan. О‘z davrining atoqli vrachi Dioskorid (eramizning I asrida yashagan), «Materia medica» nomli mashhur kitobida juda kо‘p dorivor о‘simliklarni rasmlari bilan birgalikda ta’riflab O’zbekistonning foydali o’simliklari 4 bergan. Lotin tiliga tarjima kilingan bu kitobdan Ovrupolik vrachlar XVI asrgacha qо‘llanma sifatida foydalanib kelganlar. Kо‘hna Rimda Galen va Pliniy Starshiy farmakognoziya bilan uzoq vaqt shug‘ullanganlar. Vrach Galen (eramizning 130- yillarida tug‘ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. U о‘z kitoblarida 304 ta dorivor о‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta’riflagan. Galen о‘simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi modda bо‘lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bо‘lib taklif etadi. Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari XIX asrgacha katta ahamiyatga ega bо‘lib keldi. О‘simliklarning foydali xususiyatlarini qadim zamonlarda ham halqimiz bilgan va ulardan turli xastaliklarni davolash uchun foydalangan. Shifobaxsh о‘simliklardan foydalanish о‘zining qadimiy zaminiga ega. Bu zamin qadimiy Hind tabobatida boshlangan desak xato qilmaymiz. Hindiston florasi о‘simliklarga juda boy bо‘lib, unda kо‘plab dorivor о‘simliklar ham о‘sadi. Shuning uchun bu yerda bemorlar asosan Hindistonning о‘zida о‘sadigan dorivor о‘simliklar bilan davolanganlar. Hind tabobati dori-darmonlar haqidagi ma’lumotlarni ulug‘ hakim Sushrut (m. a. IV asr) «Yajur-veda» nomli mashhur kitobida 700 ta shifobaxsh giyohlarga tavsif bergan. U kitobda nomi keltirilgan dorivor giyohlardan Hind tabobatida hozir ham foydalanib kelinmokda. Hind tibbiyoti Tibet, Xitoy, Yaponiya, keyinchalik Mо‘g‘iliston va Buryatiyaga yoyila boshlaydi. Bu davlatlardagi mahalliy dorivor о‘simliklar soni Hindistondan keltirilgan о‘simliklar hisobiga orta bordi. Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan о‘simliklar, hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab vrachlarining xizmati katta bо‘ldi. Ular tibbiyot sohasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga qayta nashrdan chiqardilar hamda Hindistondagi dorivor mahsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qо‘llay boshladilar. О‘z davrining mashhur tabiblari bо‘lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, eronlik Abu Mansur Muvafaq, xorazmlik Al-Xorazmiy, Abu Rayxon al-Beruniy, arab Ibn Baytar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik «Al-qonun» («Tib qonunlari») kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan bо‘lib, kitobning II jildida о‘sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor о‘simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalar ta’riflangan. Kitobda keltirilgan dorivor о‘simliklar soni 500 tadan, о‘simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. «Al-qonun» kо‘pgina Ovrupo tillariga tarjima kilingan bо‘lib, fakat lotin tilining о‘zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo vrachlari undan qо‘llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa tabobatda va an’anaviy tibbiyotda hozirda ham «Al-qonun»dan keng foydalanilmoqda. Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «Kitob as-saydana fittibb», ya’ni «Tibbiyotda farmakognoziya» asarini yaratadi. Bu asarda о‘sha davrning sharq tabobatida qо‘llaniladigan 674 ta dorivor о‘simlik va 90 ta о‘simlik mahsulotlari tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, «Saydana»da yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda shu vaqtgacha tо‘g‘ri aniqlanmagan 113 ta dorivor о‘simliklar hakida ma’lumotlar bor. Sabzavot ekinlari dehqonchilik qilinadigan shimoliy mintaqadan tropik mintaqagacha bо‘lgan hamma territoriyada ekib о‘stiriladi. Ularning bunday keng tarqalganligi nihoyatda lazzatli oziq-ovqat va vitaminlar manbai ekanligi bilan belgilanadi. Bu haqda XV-XVI asrlardagi О‘rta Osiyo xо‘jaligi tarixi tо‘g‘risida "Ziroatnoma" (Fann-i kishtu ziroat) da batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Unda о‘tmishda yashagan bobo-dehqonlarning ming yillar davomida orttirgan tajribalari aks ettirilgan. Ular qimmatbaho ahamiyatli mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlarining navlarini yaxshilash, yaratish, zararkunanda-kasalliklariga qarshi kurashish, muttasil, mо‘l va uzoq tashish hamda saqlashga yaroqli hosil olish usullarini ishlab O’zbekistonning foydali o’simliklari 5 chiqqanlar. Bularni tasdiqlovchi tarixiy ma’lumotlarni Zahriddin Muhammad Boburning "Boburnoma", Maxdumi A’zamning "Risolayi-bittixiya" (dehqonchilik risolasi) asarlarida о‘qish mumkin. Maxdumi A’zam Samarqandda (Dahbedda) yashagan dehqon-seleksioner bо‘lib, 90 tanobdan ziyod maydonda "Bog‘i Maxdumi A’zam"ni yaratgan. Unda dunyoning turli joylaridan ekinlarning har xil navlarini keltirib о‘stirgan, tanlash va о‘rganish asosida Dahbedi qovun, Dahbedi anjir, Dahbedi yong‘oq navlarini yaratgan va bu navlar о‘sha davrda mashhur bо‘lgan. U kishi о‘zi parvarish qilib о‘stirgan nok daraxti yoniga dafn qilinishini vasiyat qilgan va shu nok daraxti yoniga dafn etilgan. Shunday qilib, Maxdumi A’zam shaxsan о‘zi "inson hukmiga in’om etilgan olamni yashnatish, gullatish, poklash va takomillashtirish"ga namuna kо‘rsatgan. Yevropaliklar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Afrika va Avstraliya tropik mamlakatlarining dorivor о‘simliklarini о‘rgana boshladilar. Afrikada о‘sadigan kola yong‘og‘i, strofant, kalabar dukkagi hamda Avstraliyada о‘sadigan evkalipt daraxti Ovrupo farmakopeyasidan о‘rin oldi. Shunday qilib, XVII-XX asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlari dorixonlarida mahalliy dorivor о‘simliklar bilan bir qatorda Hindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardan keltirilgan mahsulotlar ham bо‘lar edi.
Yüklə 24,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin