O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “


ILOVALAR ( Tayyorlov guruhlari uchun )



Yüklə 57,2 Kb.
səhifə6/7
tarix11.11.2023
ölçüsü57,2 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi

ILOVALAR
( Tayyorlov guruhlari uchun )
QUVNOQ BARMOQCHALAR
Maqsad: Bolalarga diqqatni jamlashni, tasavvur qilishni va uni nimagadir qiyoslashni o’rgatish.
Tarbiyachi bolalarga o’ng qo’lining bosh barmog’iga qarashlarini va ko’zlarini barmoqlaridan uzmagan holda havoda 3 marta dumaloq, 3 marta to’rtburchak, 3 marta sakkiz chizishlarini aytadi, bolalar o’n beshgacha sanashib ko’zlarini yumishadi. Ko’zlarini yumganida nima ko’rishganini tarbiyachiga aytadi va tarbiyachi ma’nosini tushuntirib beradi.
ESLAB QOL
Maqsad: Tarbiyalanuvchilarning xotiralarini mashqlar orqali kuchaytirish.
Tarbiyachi bitta varoqda har bir tarbiyalanuvchiga har xil predmet, shakl, hayvonlar, qushlar, mashinalar va hakazolarni ko’rsatadi ( boshlanishiga 5 tadan ). 10 gacha sanab qog’ozni ko’rsatishni to’xtatadi. Tarbiyalanuvchidan nimalarni ko’rgani suraladi.
RAQAMNI TOP


Maqsad: Bolalarga birinchi o’ntalik raqamlarni o’yin yordamida o’rgatish.
O’yin qiziqarli bo’lishi uchun bolalarni ikki guruhga bolib olinadi. Qaysi guruhdagi ishtirokchilar ko’proq to’g’ri javob aytsa, ana o’shalar g’olib sanaladi.
Savollar esa quyidagicha bo’ladi ;
Qaysi raqam uchdan katta, beshdan kichik?
Qaysi raqam to’rtdan kichik, ammo uchdan katta?
Yettidan katta, to’qqizdan kichik raqam qaysi?
Beshdan katta, yettidan kichik qaysi raqam?


Xulosa

“O‘zbekoston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “ mavzusi orqali biz Ozbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi tarixi, tarqalishi, tizimga oid qaror va farmonlar, olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari to’grisida ma’lumotlarga ega bo’ldik. Maktabgacha ta’lim tizimi inson hayoti uchun o’ziga xos ahamiyatga ega ekan. Chunki inson birinchi ta’limni shu yerda o’rganadi va bu yoshlikda olingan bilim, ma’lumotlar insonni ongida bir umrga muhrlanib qoladi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta olishi lozim Ma’lumki yurtimizda maktabgacha ta’limga bo’lgan talab rivojlanib borayotgan bu shiddatli zamonda har bir pedagog o’z ustida ishlashi, yangi metodlarni o’rganishi, ma’lumotlarni keng o’rganishi va targ’ib qilib bera olishi kerak desak mubolag’a bo’lmaydi.




Yüklə 57,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin