O‘zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti 2-bosqich tf-2202 guruh talabasi


Georges Lemaître Monsenyor Jorj Anri Jozef Eduard Lemetr (1894 - 1966)



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə9/9
tarix25.11.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#134171
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GULCHIROY O`RINBOYEVA Kurs ishi

Georges Lemaître Monsenyor Jorj Anri Jozef Eduard Lemetr (1894 - 1966)
Dunyoqarash. Katolik ruhoniysi (1923 yildan). Lemaitre e'tiqod olim uchun afzallik bo'lishi mumkinligiga ishondi: “Fan oddiy tasvirlash bosqichidan o'tishi bilan u haqiqiy fanga aylanadi. Bundan tashqari, u ko'proq dindor bo'ladi. Masalan, matematiklar, astronomlar va fiziklar juda dindor odamlardir, istisnolar bundan mustasno. Ular koinot siriga qanchalik chuqur kirib borsalar, yulduzlar, elektronlar va atomlar ortidagi kuch qonun va ezgulik ekanligiga shunchalik chuqur ishonch hosil qiladi.
Fanga qo'shgan hissasi. Koinotning kengayishi nazariyasi muallifi bo'lgan kosmolog Lemaitre birinchi bo'lib galaktikalar masofasi va tezligi o'rtasidagi bog'liqlikni shakllantirdi va 1927 yilda bu munosabatlar koeffitsientining birinchi taxminini taklif qildi, hozirda Xabbl doimiysi deb nomlanadi. . Lemaitrening dunyoning "asl atomdan" evolyutsiyasi haqidagi nazariyasini 1949 yilda Fred Xoyl kinoya bilan "Katta portlash" deb atagan. Bu "Katta portlash" nomi kosmologiyada tarixan mustahkamlangan
2.3 Xorijiy davlatlar olimlari video ma`ruzalarni o`rganish va ta`lim jarayonida qo`llash

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.







Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:




birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;




ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;




uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda;



to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan;







beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;




oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda;




yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi.




Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:




1. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.




Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:




umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;




fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;




ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;




pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;




oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;




fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish;




ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.

.




2. Quyidagilar:










2021 — 2023-yillarda fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
















Belgilansinki, mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash 2021-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari, 2022-2023-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.







Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa fanlar bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini (fizika fanidan tashqari) mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash maqsadida qo‘shimcha mablag‘larni ajratib borsin.







3. Quyidagilarga:







Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati zimmasiga — fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish, fizika fani bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun ta’lim dasturlari va multimedia materiallarini ishlab chiqish;







oliy ta’lim muassasalari zimmasiga — o‘ziga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablarni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklansin.




4. Xalq ta’limi vazirligi:







a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:







umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fani kengroq o‘qitiladigan variativ o‘quv rejasini joriy qilsin;







ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fani tayanch o‘quv rejada belgilangan o‘quv soatlar doirasida haftasiga 3 soatdan o‘qitilishini ta’minlasin;







b) 2021-yil 1-oktabrga qadar fizika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqsin, ular bo‘yicha videodarslarni tayyorlasin va foydalanish uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirsin;







v) ixtisoslashgan maktablarning o‘quv laboratoriyalaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu maktablarda maktabdan tashqari “Amaliy fizika” to‘garaklarini tashkil qilsin hamda ularning faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish choralarini ko‘rsin;







g) 2022-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEM” fizika klublarini tashkil etsin, klub a’zolari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida har yili “Milliy fizika” musobaqasini o‘tkazib borsin.







5. Xalq ta’limi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:







fizika fanini o‘qitish usullarini takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov tariqasida 20 ta umumta’lim muassasasida “virtual laboratoriya” loyihasini ta’lim jarayoniga tatbiq etish choralarini ko‘rsin;







tajriba natijalaridan kelib chiqib, 2022-yil 1-iyunga qadar “virtual laboratoriya”larni boshqa umumta’lim muassasalarning ta’lim jarayoniga joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.







6. Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar fizika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qilsin.







Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini to‘plagan fizika fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida to‘lanadi.







7. Bosh vazir o‘rinbosari B. Musayev Farg‘ona viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil noyabr oyida Farg‘ona viloyatida buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi fizika fanidan xalqaro olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish choralarini ko‘rsin.







8. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:







a) oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari va fizika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi;







b) oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan:







fizika fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;







fizika fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.







9. Quyidagilar:







Vazirlik, xo‘jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalariga fizika yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarini biriktirish ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;







fizika fanlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida hududlarda tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq;







2022 — 2024-yillarda fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.







10. Belgilab qo‘yilsinki:







oliy ta’lim muassasalarida fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyasi jihozlarini xarid qilish hamda hududlarda oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish foydalanuvchi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xorijiy grantlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;







hududlardagi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarining laboratoriya jihozlaridan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish buyurtmachi oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;







xo‘jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga o‘ziga biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida fizika yo‘nalishida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, soha mutaxassislari rahbarligida amaliyotlarni o‘tash, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish va tijoratlashtirish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkaga yuborishni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklanadi.









fizika sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va ilmiy yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;




fizika yo‘nalishidagi ta’lim va ilmiy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, Kengash a’zolarining ijodiy faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;




fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;




ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Kengash a’zolariga fizika yo‘nalishidagi tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko‘maklashish;




mas’ul vazirlik va idoralarning fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;




fizika fanini rivojlantirishga qaratilgan elektron platformalar yaratish, konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, fizika fani namoyandalari nomidagi stipendiyalarni ta’sis etish, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida olimpiadalar hamda eng yaxshi ilmiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish;




fizika yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy jamiyat va tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilishga ko‘maklashish.






XULOSA


Xorijiy davlatlar fizik olimlari tomonidan tayyorlangan video ma'ruzalar, ta'lim kurslarida ko'p marta qo'llaniladi. Bu kurslar, o'quvchilarga fizika sohasidagi muhim mavzularni tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotga o'tkazish va rivojlantirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Quyidagi xulosa ta'lim kurslarining xorijiy davlatlar fizik olimlari video ma'ruzalarini o'rganish jarayonida qanday yordam berishini aks ettiradi:
Fizika asosiy tamoyillari: Ta'lim kurslari, fizika asosiy tamoyillarini o'rganishda video ma'ruzalardan foydalanishadi. Bu ma'ruzalar, olimlar tomonidan tushuntirilgan asosiy konseptlarni vizual ravishda ko'rsatib beradi va o'quvchilarga tushunishlarini kuchaytiradi. Amaliy misollar: Video ma'ruzalar, amaliy misollar yordamida fizika masalalarini hal qilishni ko'rsatadi. O'quvchilar, olimlar tomonidan ko'rsatilgan misollarni video formatida ko'rib, ulardan foydalanib, masalalarni o'zlashtiradilar va tushunishlarini mustahkamlashadi. Laboratoriya ishlari: Ta'lim kurslari, video ma'ruzalar orqali laboratoriya ishlarini ko'rsatishda ham qo'llanishadi. Bu ma'ruzalar, o'quvchilarga laboratoriya usullarini, qurilmalar va quvvatlar bilan ishlashni ko'rsatadi, shuningdek, ularga laboratoriya protseduralarini tushunishga yordam beradi.
Konseptual tahlillar: Video ma'ruzalar, fizika konseptlarini tafsilotli ravishda tahlil qilishga yordam beradi. Olimlar, video formatida konseptlar haqida tafsilotli ta'riflar beradi, o'quvchilarga misollar, grafikalar yoki animatsiyalar yordamida o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Tedbirli sinovlar: Ta'lim kurslarida video ma'ruzalar o'quvchilarga tedbirli sinovlar va testlarni o'tkazishda muhim vositalar sifatida ishlatiladi. O'quvchilar, video ma'ruzalar orqali konseptlarni sinovdan o'tkazib, o'zlarining tushunish darajasini va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Xorijiy davlatlar fizik olimlari tomonidan tayyorlangan video ma'ruzalar, ta'lim kurslarida qo'llanilish orqali o'quvchilarga vizual, amaliy va konseptual ravishda fizikani o'rganish imkoniyatini beradi. Bu kurslar, o'quvchilarni ilmiy fikrlash, nazariy bilimlarni amaliyotga o'tkazish va fizika sohasida rivojlantirishga yordam beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. S. E Frish, A.V Timoreva “Umumiy fizika”;

2. I.V. Savelyev “Umumiy fizika kursi” 1-qism;

3. S.X Astanov. Umumiy fizika kursidan ma’ruzalar matni;

4. D.Ro‘zieva, M.Usmonboeva, Z.Holiqova. –Metodik qo‘llanma. Interfaol metodlar mohiyati va qo‘llanilishi. Toshkent:TDPU nashriyoti, 2013.

5. Shodiyev N.Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar.(ma’ruzalar matni) Samarqand., 2010-y.

6. Sadriddinov N., Rahimov A., A.Mamadaliyev, Z.Jamolova.Fizika o‘qitish uslubi asoslari. T.: O‘zbekiston-2005.

7.www.fizika.uz




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin