O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


-bob. Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə11/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

2-bob. Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)
To‘g‘ri fikrlashning shartlari tafakkur qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Konun predmet va hodisalar o‘rtasidagi obyektiv, muhim, zaruriy, muayyan sharoit mavjud bo‘lganda takrorlanib turuvchi, nisbatan o‘zgarmas bog‘lanishlardir. Hamma tabiiy, ijtimoiy va boshqa hodisalar ma’lum qonunlar asosida mavjud bo‘ladi va o‘zgaradi. Qonunlar barcha hollarda predmetning ichki, zaruriy aloqalarini aks ettirarishi va shu jihatidan umumiylikka ega bo‘lishi bilan birga, amal qilish sohasi, shakllanish usuli bo‘yicha o‘zaro tafovutga egadirlar. Xususan, identlik holatida takrorlanib turuvchi tabiiy hodisalar aloqalarini aks ettiruvchi tabiatshunoslik qonunlaridan farqli o‘laroq, mantiq qonunlari tafakkurning-aqliy faoliyatning muayyan usullarini, aniqrog‘i, muhokama yuritish jarayonida fikrlar aloqalarini ifodalaydi va shuning uchun ham to‘g‘ri fikrlashni ta’minlashga yo‘naltirilgan operatsion yo‘riqnomalar ko‘rinishida mavjud. Ular insonning ratsional faolligi natijasi tarzida yuzaga chiqadi va muayyan qoidalar, normalar, tavsiyalarda o‘z ifodasini topib, eng umumiylik maqomiga ega. Tafakkur qonunlarining maqsadi – haqiqatga eltuvchi qoidalar, tavsiyalar asosini yaratishdan iborat. Ana shunisi bilan ular tabiiy hodisalar aloqalarini aks ettiruvchi qonunlardan farq qiladi.
Tafakkur qonunlari sotsial qonunlar: yuridik aktlar, davlat buyruqlari va shu kabilardan ham farq qiladi. Ular muayyan davrda ma’lum bir ijtimoiy vaziyatni boshqarish uchun yaratilib, tarixiy xarakterga ega. Tafakkur qonunlari esa, ulardan farqli o‘laroq, tarixiy, hududiy chegaralarga ega emas. Mantiqiy tafakkur qonunlari tafakkur shakllari kabi umuminsoniydir.
Demak, tafakkurning qonunlari deganda fikrlar(fikr elementlari) o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlarni tushunish kerak. Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqealarning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan hamda inson ongida qolgan. Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritish demakdir. Ular tafakkur shakllari: tushunchalar, mulohazalar, xulosa chiqarishda amal qiladi. Xususan, xulosa chiqarishda asoslar o‘rtasidagi hamda asoslar bilan xulosa orasidagi zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Mantiq fani tafakkurning quyidagi qonunlarini alohida ajratib o‘rganadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin