O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə13/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Nozidlik qonuni. Kishilar o‘z faoliyatida predmet va hodisalar bir vaqtda, bir sharoitda biror xususiyatga ham ega bo‘lishi, ham ega bo‘lmasligi mumkin emasligini bilganlar. Bu hodisa bilimimizda nozidlik qonuni sifatida mustahkamlanib qolgan. Nozidlik qonuni tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo‘lishini ta’minlaydi. Nozidlik qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: Ayni bir predmet haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emas, hech bo‘lmaganda ulardan biri xatodir. Uni qisqa holda ham ifodalash mumkin: muayyan mulohaza va uning inkori birga chin bo‘lishi mumkin emas Bu qonun “A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi” formulasi orqali beriladi.
Nozidlik qonuni o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi mulohazalar - zid va qarama-qarshi mulohazalarga nisbatan qo‘llaniladi. Zid mulohazalardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqadi. Masalan, “ O‘zR Milliy xavfsizlik xizmatining barcha xodimlari – ofitserlar” va “O‘zR Milliy xavfsizlik xizmatining ba’zi xodimlari – ofitser emas” mulohazalari o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lib, ulardan birinchisi xato va undan ikkinisining chinligi kelib chiqadi. Qarama-qarshi mulohazalardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan, “O‘zR Milliy xavfsizlik xizmatining barcha xodimlari – ofitserlar” va “O‘zR milliy xavfsizlik xizmatining hech bir xodimi – ofitser emas” mulohazalarining ikkalasi ham xato. Bu munosabatdagi mulohazalarning hech bo‘lmaganda bittasi xato, ba’zan, yuqoridagi misoldagidek, ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin.
Nozidlik qonuni bilishning barcha turlari va bosqichlarida amal qiladi. Bu qonun talabiga binoan fikr mantiqiy ziddiyatlardan xoli bo‘lishi kerak. Mantiqiy ziddiyat uchta strukturaviy elementdan tashkil topadi: mulohaza, uning inkori va ularning chin-xatoligi ko‘rsatkichi. Bunday ziddiyatning formulasini quyidagi ko‘rinishda berish mumkin: A va A emas, bunda A – mulohaza, A emas – A ning inkori, bog‘lovchi “va” – tasdiqlovchi mulohaza va uning inkorining o‘zaro munosabatidagi chin-xatoligi ko‘rsatkichi.
Nozidlik qonuni ham bilish subyekti oldiga bir qancha talablarni qo‘yadi:


1-talabga muvofiq bir muhokama, xulosa chiqarish, bir muloqot strukturasida bir-birini istisno qiluvchi mulohazalar bo‘lmasligi kerak.

2-talab nozidlikni muhokamaning mantiqiyligi mezoni sifatida belgilaydi.

3-talab muhokamada foydalanilayotgan mulohazalarning chinlik tavsifini berishga undaydi.

4-talab muhokama strukturasida ko‘rinib turgan va yashirin ziddiyatlarni aniqlash zarurligini bildiradi. Shu maqsadda ayniyat qonuni va uning talablariga taya’ni b o‘zaro aynan bo‘lgan mulohazalar aniqlanadi. Aynan bir xil mulohazalar o‘zaro bir-birini istisno qilmaydi.

5-talab real va soxta ziddiyatlarni farqlashni ta’kidlaydi. Ziddiyatning universal modeli – bu A va A emas bir munosabatda olingan bir obyekt. Aks holda real mantiqiy ziddiyat emas, soxta ziddiyatga duch kelamiz. Masalan, “Kursant Ozodov – a’lochi” va “Kursant Ozodov – qarzdorlar qatorida” deb aytganimizda familiyadosh bo‘lgan turli kursantlarni nazarda tutayotgan bo‘lsak, ziddiyatga yo‘l qo‘ymaymiz. Real va soxta ziddiyatlarlni farqlash uchun ayniyat qonunining A=A sxemasi bo‘yicha obyektlarni aynanlashtirishdan foydalaniladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziddiyatlarning bir qancha turi mavjud. Yuqorida biz mantiqiy ziddiyatlarni ko‘rib chiqdik. Mantiqiy ziddiyatlar bir kontekstda o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi ziddiyatlardir Mantiqiy ziddiyatlarni predmetlar va hodisalarda, shu jumladan, bilish hodisalarida mavjud bo‘lgan obyektiv xarakterga ega dialektik ziddiyatlardan farq qilish kerak. Birinchisi mantiq qonunlarini buzish natijasida kelib chiqadigan ziddiyatlar bo‘lsa, ikkinchisi predmet va hodisalar, xususan, bilimlar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan ziddiyatlardir. Mavjud g‘oya yoki nazariya bilan yangi o‘rnatilgan fakt o‘rtasidagi ziddiyat ana shunday ziddiyatlar sirasiga kiradi. Masalan, elektronning mavjudligi faktining o‘rnatilishi qadimgi grek atomizmidagi atomning bo‘linmas zarracha ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyaga zid edi, lekin bu ziddiyat atom haqidagi tasavvurlarimizni rivojlantirdi va hozirgi elementar zarrachalar nazariyasining shakllanishini boshlab berdi.
Mantiqda paradoks-ziddiyat ham ajratiladi. Bertran Rasselning sartarosh to‘g‘risidagi paradoksini misol qilib keltirish mumkin. Unda harbiy qismdagi barcha erkaklar soqolini o‘zi olmasligi, faqat sartaroshga - u ham harbiy xizmatchi – oldirishi kerakligi to‘g‘risidagi buyruqdan, sartarosh soqolini kimga oldirishi kerak, degan savol kelib chiqadi va unga javob yo‘q. Paradoks masalasini argumentlashga bag‘ishlangan bobda batafsil ko‘ib chiqamiz.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin