4-talab. Mulohazalarni asoslashda mantiqiy asoslash (mantiqiy natijani keltirib chiqarish) bilan faktik asoslashni farqlash lozim.
Yetarli asos qonuni fikr yuritishda, ayniqsa, isbotlashda muhim ahamiyatga ega. U to‘g‘ri xulosa chiqarishda, fikrlash jarayonida uchraydigan ayrim xatolarni anglashda yordam beradi.
Mantiq qonunlarini M.Koen va E.Nagellarning talqin qilishlari ham e’tiborga loyiqdir. Ular fikriga ko‘ra, mantiqni ko‘p hollarda “tafakkur qonunlari”ni o‘rganuvchi fan deb ta’riflashgan. Xususan, uchta prinsip – ayniyat prinsipi, nozidlik prinsipi va uchinchisi mustasno prinsipi — asosli muhokama yuritishning zaruriy, ba’zan esa yetarli sharti deb hisoblab kelingan1.. Ana shu prinsiplarning mohiyatini aniqlashga harakat qilib, ular haqiqatan ham tafakkur qonunlarimi, degan savol qo‘yishadi va unga javob berishga urinishadi hamda mazkur mantiqiy prinsiplar tabiatini ochishga intilishadi.
Qayd etilgan uchta prinsip bir qancha usullar yordamida tavsiflangan (keltirilgan tartib bo‘yicha): 1)agar biror narsa A bo‘lsa, u A bo‘ladi; 2) hech bir narsa bir vaqtning o‘zida ham A, ham A-emas bo‘la olmaydi; 3)barcha narsa yo A, yo A-emas bo‘ladi. Bundan avval boshqacharoq ta’riflashlarni qarab chiqqanimiz ma’qul. Aynanlik prinsipida ta’kidlanadi: agar mulohaza chin bo‘lsa, u chindir. Nozidlik prinsipi:hech bir mulohaza, ayni paytda, ham chin, ham xato bo‘la olmaydi. Uchinchisi mustasno prinsipi:har qanday mulohaza yo chin, yo xato bo‘ladi. Yuqorida ta’riflari berilgan prinsiplarda mulohazalarning muhim mantiqiy xususiyatlari ko‘rsatilgan, lekin u ta’riflarni uzil-kesil shakllangan deb bo‘lmaydi. Mantiqning boshqa barcha prinsiplari shu uchta prinsipdan kelib chiqadi deyish xato bo‘ladi, ular qolgan prinsiplarni keltirib chiqarish uchun yetarli bazis bo‘la olmaydi. Uzoq muzokaralardan keyin ko‘plab mantiq qonunlari “formal mantiq qonunlari”dagi konkret uchta qonun atrofida birlashadi, bu mulohazalardagi mantiqiy xususiyatlar mantiq qonunlarini to‘la bayon qiladi degan qat’iy xulosaning chinligi qo‘shimcha asoslash, tushuntirishni taqozo etadi. Sillogizm qonuni, tavtologiya qonuni, implikatsiya, va boshqa qonunlar mantiqning negizi bo‘lgan uchta an’anaviy qonunlarga ko‘ra tenglikni talab etadi. Tafakkur taxminlari, ehtimollar nazariyasi, barcha mantiqiy qonunlar mantiqiy bosqichlarning uchinchi zanjiri atrofida jamlanadi. Biroq ularga to‘g‘ri kelmaydi. Formal mantiq qonunlariga ko‘ra, qolgan barcha mantiqiy qonunlar uchun yetarli asos qonuni orqali xulosa chiqariladi. Uchinchi “qonun” xato deb taxmin qilinganda, deduktiv isbotlar farazida mantiqiylikdan boshqa faraz orqali xulosa chiqarish mumkin. U mavzu doirasida bo‘ladi, undan uzoq bo‘lgan tafsilot bo‘la olmaydi. Shuningdek, bu ko‘rsatma avval isbotlangan muzokaralarga qo‘shimcha bo‘ladi. Boshqalariga qaraganda, shubhasiz, an’anaviy uch qonundan boshqa mantiq qonunlarini to‘g‘ri hosil qila olish mumkin. Ikkisidan biri qonunining har qanday formulasiga ko‘ra har bir kishining tafakkuri haqida o‘quvchida, shubhasiz, fikr paydo bo‘ladi. Ikkinchi formulada ifodalanishicha, biz allagan, ya’ni “formal mantiq qonunlari” deb ataladigan, biz o‘rgangan mantiq ilmi biror narsa haqidagi mulohazani ifodalaydi. Ziddiyat(ya’ni, nozidlik) qonuniga ko‘ra, o‘ylangan mulohazamizni bir paytning o‘zida ham chin, ham yolg‘on deb ayta olmaymiz. Yolg‘on mulohaza bo‘lish ehtimoli ko‘proq bo‘lganda ham odamlar aniq isbotlangan mulohazaga ishonadilar. Ikki qarama-qarshi fikr tilganda mantiqiy ziddiyat bo‘lmasligi mumkin. Mantiq qonunlarini ifodalaydigan bu qonun yordamida insonga xos bo‘lmagan tafakkurning ko‘rinishlari fan doirasida o‘rgaganiladi. Formal mantiq qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Formal mantiq qonunlari aniqlikka asoslanadi, chin va yolg‘on o‘rtasidagi chegaralarni belgilaydi, ular o‘rtasida joylashgan va ulardan biriga yaqin bo‘lgan boshqa bir mulohazalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniq qilib belgilaydi. U mavzu doirasida bo‘ladi, undan uzoq bo‘lgan tafsilot bo‘la olmaydi. Shuningdek, bu ko‘rsatma avval isbotlangan qonunlarga qo‘shimcha bo‘ladi. Boshqalariga qaraganda, shubhasiz, an’anaviy uch qonundan boshqa mantiq qonunlarini to‘g‘ri hosil qila olishi mumkin16.
Shunday qilib, tafakkur qonunlari tafakkur shakllari kabi uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot, olamni bilish tajribasi natijasidir va shuning uchun ham umuminsoniy xarakterga ega. Ular aqliy faoliyatning hamma ko‘rinishida rioya qilinishi lozim bo‘lgan formal qoidalar ko‘rinishida amal qiluvchi qonunlardir. Mazkur qonunlar bilish jarayonida o‘zaro bog‘liq ravishda amal qiladilar. Xususan, ulardan birining talablariga rioya etish boshqalarining talablarini bajarish uchun sharoit yaratadi va aksincha, birining shartlarini buzish boshqalarining shartlarini ham buzishga olib keladi va shu tariqa xato fikrlar hosil qilishga, noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga sabab bo‘ladi. Xususan, isbotlashda Ayniyat qonuni talab qiladigan fikrning aniqligi, masalan, tezisning aniqligi qoidasi buzilsa, isbot predmeti noaniq bo‘lib qoladi, uni qanday ma’noda olish, nimani isbot qilish kerakligi no’malum bo‘ladi; u nazarda tutilgan ma’noda olinmasa, muhokamadagi izchillik yo‘qoladi, mantiqiy ziddiyat paydo bo‘ladi, ya’ni nozidlik va uchinchisi istisno qonunlari talablari buziladi va isbot maqsadiga erishilmaydi.