O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə158/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Kon’yuktiv mulohaza ikkidan ortiq mulohazadan tashkil topadi. Masalan:
Zayd va Amr kotibdir. (Zayd kotibdir. Amr kotibdir.)
Zayd va Amr ham kotib, ham shoirdir. (Zayd kotibdir. Amr kotibdir.Zayd shoirdir. Amr shoirdir.)

Modal mulohazalarning tarkibi subyekt, predikat, bog‘lovchi va predikatning subyektga munosabatini ifodalovchi modal so‘zdan iborat bo‘ladi. Modal mulohazalar tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi bo‘ladi. Inkor qo‘shimchasining modal so‘zga taalluqli yoki taalluqli emasligi muhim bo‘lib, birinchi holat bo‘lganda mulohazaning modalligi soxta bo‘lib qoladi. Nasiriddin Tusi ham modal mulohazalarning 3 turini zaruriylik, imkoniylik va voqelikni tahlil qiladi.
Zaruriylik va imkoniylikni darajalariga ko‘ra turlarga ajratadi.
Zaruriy mulohazalarning turlari.
  1. Mohiyatiga ko‘ra zaruriy.


  2. Shartlangan umumiy zaruriylik.


  3. Shartlangan juz’iy zaruriylik.


  4. Vaqtdagi zaruriylik.


  5. Keng tarqalgan zaruriylik.


  6. Predikat shartiga ko‘ra zaruriylik.


Voqelik-mavjudlik mulohazalari ikki shaklda bo‘ladi: 1. Nozaruriy mavjudlik mulohazalari. 2. Doimiy bo‘lmagan mavjudlik mulohazalari.


Imkoniylik mulohazalarini Tusiy quyidagicha tasniflaydi:

  1. Mohiyatiga ko‘ra zaruriylikni ifodalamaydigan, modal mulohaza ko‘rinishidagi (Ehtimol, dunyoning yaratuvchisi bordir).


  2. Zaruriy va noimkoniy bo‘lmagan mulohaza (Ehtimol, inson haqiqatda kotibdir).


  3. Kelajak haqidagi mulohaza.


  4. Insonning qobiliyati yoki buyumning yaroqliligi haqidagi imkoniy mulohaza.


Ko‘rib o‘tganimizdek, Tusiyning mulohaza haqidagi ta’limoti Ibn Sinoniki bilan o‘xshashib ketadi.



Xulosa chiqarish nazariyasi:sillogizm, induksiya, analogiya
Nasiriddin Tusiyning xulosa chiqarish nazariyasi keng qamrovligi bilan ajralib turadi. U ham xulosa chiqarishning uch turini ko‘rsatadi:

  1. Orttirilgan umumiy holatdan xususiy holatga erishish uchun o‘tish (bunda birlashtiruvchi sillogizmlar sinfi hosil qilinadi).


  2. Yerishilgan xususiy holatlardan umumiy holatlarga o‘tish (induksiya).


  3. Bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, ulardan biri boshqasida mavjud bo‘lmaydi va ulardan uchinchi bir holat kelib chiqadi (analogiya).


Sillogizm (qiyos) muqaddima (xulosa asoslari) va natija (xulosa)dan tashkil topadi. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik zaruriy bo‘ladi. Agar sillogizm chin bo‘lsa, uning xulosasi ham chin bo‘ladi, xulosa yolg‘on bo‘lsa, sillogizm ham yolg‘on bo‘ladi.


Sillogizm to‘zilishiga ko‘ra, oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy sillogizmlar birlashtiruvchi va istisno qiluvchi bo‘ladi. Birlashtiruvchi sillogizm uch ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Asoslari faqat qat’iy mulohaza bo‘lgan.


  2. Asoslari faqat implikativ va diz’yunktiv mulohaza bo‘lgan.


  3. Asoslari qat’iy va implikativ yoki qat’iy va diz’yunktiv mulohaza bo‘lgan.


Nasiriddin Tusiyda sillogizm tarkibiy qismlari Aristotel va Ibn Sinodagi kabi ta’riflanadi. U sillogizmning 4ta figurasini tahlil qiladi. Tusiyning deduktiv nazariyasi formallashganligi bilan ajralib turadi. U sillogizm terminlarini simvollar orqali ifodalaydi:


S – kichik termin – arabcha S harfi bilan
P – katta termin – arabcha A harfi bilan
M – o‘rta termin – arabcha V (B) harfi bilan
Unda ham kichik asos birinchi, katta asos ikkinchi o‘rinda keladi va sillogizm figuralari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
I figura II figura III figura IV figura
S–V V–S S–V V–S

V–A V–A A–V A–V
S– A S–A S–A S–A

U I figurani mukammal deb biladi. Umumiy xulosa juz’iydan, tasdiq xulosa inkordan avzalroq deydi. Tusiy nomukammal sillogizmlarning xulosasini tasdiqlashda Forobiy va Ibn Sino kabi 4 usulni ko‘rsatadi:


  1. Bema’nilikka olib kelish.


  2. Asoslarni aylantirish.


  3. Asoslarning o‘rnini almashtirish.


  4. Faraz.

Tusiy sillogizm figuralarining umumiy qoidalarini ta’riflab beradi:

  1. Ikki inkor mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.


  2. Ikki juz’iy mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.


  3. Kichik asos inkor mulohaza, katta asos juz’iy mulohaza bo‘lsa, ularning birikishi sillogizm bo‘lmaydi.


  4. Xulosa o‘zining miqdor va sifatiga ko‘ra hamma vaqt asoslarga bog‘liq bo‘ladi.


Nasiriddin Tusiy har bir figuraning maxsus qoidalarini ham ta’riflab beradi, bu qoidalar Aristotel, Forobiy va Ibn Sinolardagi kabi.




Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin